Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimizga Pekin aeronavtika va astronavtika universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

14.04.2026 1 daq o'qish 99

Universitetimizga Pekin aeronavtika va astronavtika universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

Universitetimizga Pekin aeronavtika va astronavtika universitetining Yangi media maktabi dekani professor Shen Syukun boshchligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Universitet rektori Muxsinjon Xolmuxamedov mehmonlarni Samarqandga xususan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga kelgani bilan qutladi va ikki tomonlama hamkorlik loyihalari, xususan talabalar akademik mobilligi va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.

Mehmonlar universitetimizda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda Turizm akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiyaga universitet prorektori, professor Toni Zou hamrohlik qildi.

Galereya

Ulashish: