logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti
image

Samarqand tumanida turizm sohasidagi xodimlar va mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazildi

Ushbu seminar-treninglar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 apreldagi PQ-135-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 6 maydagi rejasi asosida tashkil etildi.

Seminar-treninglarning asosiy maqsadi — xizmat ko‘rsatish sifatini va samaradorligini oshirish, innovatsion servislarni joriy etish, mehmondo‘stlik madaniyatini rivojlantirish va narx siyosatini takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.

Sentabr oyida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi:

• qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etish;

• xizmatlar hayot siklini boshqarish;

• mehmondo‘stlik madaniyatini oshirish;

• xizmatlar sifati va narx siyosatida takomillashtirish ishlari.

Ushbu masalalar xalqaro va mahalliy tajriba (case-study) asosida chuqur tahlil qilindi. Treninglar interaktiv usullarda, amaliy mashqlar, guruhli muhokamalar va testlar orqali olib borildi va qatnashchilarning kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.

Seminar-trening yakunlangandan so‘ng, ishtirokchilar zamonaviy xizmat ko‘rsatish tamoyillari bo‘yicha muhim bilim va tajribaga ega bo‘ldilar.


image
image
image
image
image
image
image
Qidiruv
Oxirgi xabar