UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti doktorantlari Sh. Sharipov va N. Ibrokhimov hozirda Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida bo‘lib o‘tayotgan “2025 Shanghai Summer School – International Workshop on Tourism and Hospitality Management” xalqaro dasturida faol ishtirok etishmoqda.

11.08.2025 1 daq o'qish 1

Mazkur nufuzli xalqaro dastur doirasida ishtirokchilar turizm va mehmonxona menejmenti sohalaridagi eng so‘nggi tendensiyalar, innovatsion yondashuvlar hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Shuningdek, turli mamlakatlardan tashrif buyurgan yetakchi mutaxassislar va sohaga oid ekspertlar bilan ochiq muloqotlar olib borilmoqda.

Bu kabi dasturlar ishtirokchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, global fikrlashni shakllantirish va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ulashish: