UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Tengdosh–tengdoshga do‘stmi?” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

09.10.2025 1 daq o'qish 1

“Tengdosh–tengdoshga do‘stmi?” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun universitetimizda “Tengdosh–tengdoshga do‘stmi?” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet psixologi D.Turdieva tomonidan ushbu mavzuda ma’ruza qilindi.

Ma’ruzada tengdoshlar o‘rtasidagi do‘stlikning ahamiyati, shaxsning ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Tadbirda talaba-yoshlar faol ishtirok etib, psixolog tomonidan berilgan savollarga javob berishdi hamda mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarda sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish, do‘stlik, hamjihatlik va mehr-oqibat kabi ijobiy insoniy qadriyatlarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Ulashish: