Bugun, 6-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti sport zalida qizg‘in bahs-munozaralarga boy sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Talabalar ligasining badminton sport turi bo‘yicha 2-bosqichida Samarqandning nufuzli oliy ta’lim muassasalarining eng iqtidorli talabalari o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
Kun bo‘yi davom etgan shiddatli bellashuvlar natijasida g‘olib jamoalar quyidagicha aniqlandi:
1-o‘rin – Samarqand davlat tibbiyot universiteti
2-o‘rin – Samarqand davlat pedagogika universiteti
3-o‘rin – “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Musobaqa yakunida universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedov g‘olib va sovrindorlarni samimiy qutlab, ularga faxriy medallar va diplomlarni tantanali ravishda topshirdi.
Ushbu ajoyib g‘alaba yoshlarimizning nafaqat bilim, balki sport sohasida ham yuksak marralarni zabt etishga qodir ekanligidan dalolat beradi. Barcha ishtirokchilarga omad va yangi g‘alabalar tilaymiz!