2026-yil 11-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Bo‘stonliq turizm va madaniy meros texnikumi o‘quvchi-yoshlarining tashrifi tashkil etildi.
Tashrif avvalida mehmonlar universitetda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoit va keng imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, turizm yo‘nalishidagi maxsus laboratoriyalar, zamonaviy o‘quv auditoriyalari, lingafon xonalar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, tashrif davomida o‘quvchi-yoshlarga professional ta’lim muassasalarini a’lo baholarga bitirgan bitiruvchilar uchun oliy ta’lim muassasalariga, jumladan universitetimizga suhbat asosida qabul qilinish imkoniyati mavjudligi haqida batafsil ma’lumot berildi. Texnikum o‘quvchilariga ushbu imkoniyatlardan samarali va oqilona foydalanish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Dastur doirasida mehmonlar Samarqand shahrining boy tarixiy-madaniy merosi hamda diqqatga sazovor maskanlari bilan ham yaqindan tanishtirildi.
Mazkur tashrif universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamrohligida yuqori saviyada tashkil etildi.