2025-yil 20-oktabr kuni reja asosida tashkil etilgan talaba-qizlarning yashash sharoitlari bilan tanishish, muhitning qay darajada shakllanganligini aniqlash, uy egalari bilan ijara shartnomasi tuzishga ko’maklashish maqsadida universitet mas’ullari ijarada turadigan talabalarning yashash manzillarida bo‘lishdi. Samarqand shahridagi ijara xonadonlarda yashovchi Sh.Turkmanova, M.Egamshukurova, M.Qurbonboeva, J.Bo‘riyeva, L.Toshturdiyevaning yashash sharoiti, yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga mos kelishi to’liq o’rganildi. Muloqot chog‘ida talaba-qizlarga milliy qadriyatlar, urf-odatlar va bo’lajak oila bekalarini sharqona tarbiyaning nozik jihatlariga e’tibor qaratildi. Har bir talaba-qiz ijara xonadonida tozalik va ozodalikka rioya qilishlari yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Ijarada yashovchi talabalar manzillariga tashriflar davom etmoqda.