UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Xalqaro munosabatlar” fanidan Rektor olimpiadasi muvaffaqiyatli tashkil etildi

22.05.2026 1 daq o'qish 1

“Xalqaro munosabatlar” fanidan Rektor olimpiadasi muvaffaqiyatli tashkil etildi

“Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan universitet talabalari o‘rtasida “Xalqaro munosabatlar” fanidan Rektor olimpiadasi muvaffaqiyatli tashkil etildi. Akademik musobaqada 32 nafar iqtidorli talaba ishtirok etib, xalqaro munosabatlarga oid bilimlari, tahliliy fikrlashi hamda zamonaviy global masalalarni tushunish ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Olimpiada ikki bosqichdan iborat bo‘lib, test savollari hamda keys tahlili vazifalarini o‘z ichiga oldi. Ishtirokchilar tanqidiy fikrlash, akademik bilim, muammolarni hal qilish va global siyosiy jarayonlarni tushunish ko‘nikmalari asosida baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin: Davlatov Akmaljon (IR-124 guruhi talabasi).

2-o‘rin: Samatova Fayruza (IR-124 guruhi talabasi).

3-o‘rin: Abdullayev Jasur (IR-125 guruhi talabasi).

G‘olib talabalarni samimiy muborakbod etamiz hamda barcha ishtirokchilarga olimpiadadagi faol ishtiroki va tadbir muvaffaqiyatiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi.

Ulashish: