Bugun, 6-aprel kuni Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yirik loyiha Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi hamkorligida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Marosimda Prezident Administratsiyasi vakili Odil Abdurahmonov, Sport vaziri Adham Ikromov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, shuningdek, OTM rektorlari, sport federatsiyalari vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Samarqand viloyati oliy ta’lim muasassalari rektorlari xususan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Muhsinjon Xolmuxamedov ham Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti studiyasidan ishtirok etdi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu yuksak darajadagi sport musobaqasida universitetimiz vakillari ham bir necha sport turlari bo‘yicha ishtirok etib, bahslarga kirishadi.