“Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi o‘qituvchisi K. Rashidova tashabbusi bilan O‘zbekistonlik taniqli shoir va jamoat arbobi Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligi munosabati bilan 1-kurs 125-guruh talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar Saida Zunnunovaning hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi hamda uning asarlarida aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik va milliy qadriyatlar haqida taqdimotlar qildilar. Shuningdek, shoiraning o‘zbek she’riyatidagi o‘rni, uning ijodiga xos badiiy mahorat va serqirra adabiy merosi haqida atroflicha fikr yuritildi.