Garvard yetakchi yoshlar sammitida san’at va yoshlar faolligi uyg‘unligi
Garvard yetakchi yoshlar sammiti doirasida talaba-yoshlar uchun professor Kamol Mustaev boshchiligidagi estrada jamoasi o‘zining maxsus “Jaz” konsert dasturini taqdim etdi. Ajoyib kuylar va qo‘shiqlar barchada katta taassurot qoldirib, sammit ruhiga o‘zgacha go‘zallik olib keldi.
Tadbir so‘nggida universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedov va boshqa mehmonlar so‘z olib, o‘tgan sammitning ahamiyati, yoshlarning global muammolarga yechim topishdagi o‘rni haqida gapirdilar. Shuningdek, ular ushbu sammitda faol ishtirok etgan barcha yoshlarga samimiy minnatdorchilik bildirdilar.
Sammit yakunida “Impact Challenge” mashg‘ulotlarida eng faol ishtirokchilarga universitet rahbariyati va Garvard talabalari tomonidan sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.