Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-135-son hamda PQ-269-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash va hududlarning turizm salohiyatini oshirish maqsadida Payariq tumanida turizm va servis korxonalari xodimlari uchun seminar-trening tashkil qilindi. “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Payariq tuman hokimligi oʻrtasida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 2025-yilning 23-iyun kuni Xoʻja Ismoil mahallasida Tillar va global tadqiqotlar va Turizm kafedralarining professor-oʻqituvchilari tomonidan “Hududning turizm sohasini rivojlantirishda xorijiy tillarning va mehmon uylarining oʻrni” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda professor-o‘qituvchilar tomonidan turizm sohasida xususan uy mehmonxonalar tashkil qilish, turli milliy taomlar tayyorlagan holda ularni jalb qilish kabi yo‘nalishlarda zarur tavsiyalar berildi. Bu kabi tavsiyalar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Bu kabi seminar-trening tumanning Choshtepa mahallasida ham oʻtkazilishiga kelishib olindi.