Universitetda ishga qabul qilish jarayonining shaffof, adolatli va ochiq tarzda tashkil etilishini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi ushbu jarayonda faol ishtirok etmoqda. Bo‘limning asosiy vazifasi ishga qabul qilish jarayonida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda teng imkoniyatlar tamoyiliga rioya etilishini nazorat qilishdan iborat.
Shuningdek, bo‘lim tomonidan yangi nomzodlarning huquqiy bilimlari, kasbiy ko‘nikmalari va korrupsiyaga qarshi madaniyat darajasi baholanadi. Bu esa universitetda halollik, ochiqlik va mas’uliyat muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ishga qabul qilish jarayonida komplayens talablari va amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya etilishi ta’lim muassasasining nufuzini oshirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda malakali kadrlarni tanlab olishga imkon beradi.