Bugun 23-oktabr universitetimizda “Kelajak soati” rukni ostidagi “Ma’rifat darsi”ni fakultet dekani N.Xushvaqtov olib bordi va ushbu soat “O‘zbek tili” mavzusiga bag‘ishlandi.
Dars davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan bir qator savollar bilan chiqish qilib, tilning milliy ahamiyati, yoshlar orasida o‘zbek tilini rivojlantirish masalalari hamda zamonaviy jahonda ona tilimizga e’tibor masalalari yuzasidan faol muloqot olib bordilar.
Dekan N. Xushvaqtov bu jarayonni tarbiyaviy jihatdan nihoyatda muhim deb baholab, talabalarni tilga hurmat bilan qarashga, uni chuqur o‘rganishga va har bir sohada o‘zbek tilining nufuzini oshirishga da’vat etdi.
Ma’rifat darsi yakunida talabalar o‘zaro fikr almashish, taklif va mulohazalar bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.