Bugun, 27-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Muhsinjon Xolmuxamedovning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda talabalar, ularning ota-onalari, abituriyentlar hamda magistratura bitiruvchilari ishtirok etdi.
Rektorga universitet magistratura bosqichini 2025–2026 o‘quv yilida tamomlagan bitiruvchilar yangi o‘quv yilidan boshlab oliygohda faoliyat yuritish istagini bildirdi. Muhsinjon Xomuxamedov ushbu murojaatni har tomonlama o‘rganib chiqish va qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqish yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, qabul davomida professional taʼlim muassasasini tamomlab, universitetda o‘qishni 2-bosqichdan davom ettirish istagini bildirgan fuqaroning murojaati tinglandi. Unga mazkur masala amaldagi tartibga muvofiq ko‘rib chiqilishi hamda belgilangan talablarga javob beradigan texnikum bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish yakka tartibdagi suhbat asosida amalga oshirilishi yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, rektor universitetda tahsil olish niyatidagi abituriyentlarning bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari, qabul tartibi, ta’lim shakllari, xalqaro dasturlar, grant hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyatlariga oid savollariga batafsil javob berdi.
Qabul yakunida barcha murojaatlar batafsil ko‘rib chiqilib, qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.