“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yoshlarning adabiyot va ijodga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Ilhom” mukofoti tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, unda:
shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini o‘rganish
asarlarni tarjima qilish
ilmiy tadqiqotlar olib borish
badiiy, kino va sahna asarlari yaratish
yo‘nalishlarida yuqori natijalarga erishgan talabalar ishtirok etdi.
Tanlov test savollari asosida tashkil etilib, ishtirokchilarning adabiyotga oid bilimlari, ijodkorlar merosiga bo‘lgan qarashlari va badiiy tafakkuri baholandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan talabalar saralab olinib, respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.