Ushbu sana munosabati bilan Samarqand shahridagi Sejong maktabida barcha uchun qiziqarli bo‘lgan xattotlik darsi bo‘lib o‘tdi. Darsda koreys yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda o‘qituvchi Munira Baymatova ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar koreys alifbosining yaratilish tarixi bilan yaqindan tanishdilar va so‘ng an’anaviy mo‘yqalam va siyoh yordamida chiroyli harflarni yozishni sinab ko‘rdilar.
Tadbir ijodiy va ilhomlantiruvchi muhitda o‘tdi — talabalar koreys xattotligi san’atini katta qiziqish bilan o‘rganishdi.