UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

DIQQAT E’LON! "Kelajak turizmi - turizm kelajagi" talabalar kongressiga marhamat! 2025-yil 26-sentabr kuni “Kelajak turizmi - turizm kelajagi" III Xalqaro talabalar kongressini gibrid formatda o‘tkazish rejalashtirilgan.

30.05.2025 1 daq o'qish 1

DIQQAT E’LON! "Kelajak turizmi - turizm kelajagi" talabalar kongressiga marhamat! 2025-yil 26-sentabr kuni “Kelajak turizmi - turizm kelajagi" III Xalqaro talabalar kongressini gibrid formatda o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kongress an’anaviy ravishda talabalar va turizm sohasidagi yetakchi mutaxassislar o‘rtasida professional muloqot maydoniga aylanadi va Butunjahon turizm kuniga bag‘ishlanadi.

Kongress ishida Rossiya, MDH, ShHT va BRIKS oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘qituvchilari, Kongress spikerlari sifatida Rossiyaning yetakchi va xalqaro ekspertlari, turizm sohasi yetakchilari, davlat va jamoat arboblari ishtirok etadi. Kongress talabalarni Rossiya va jahonda turizmni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va mehmondo‘stlik sanoatining ilg‘or texnologiyalari bilan tanishtirish, kasbiy rivojlanishga qaratilgan.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba-yoshlari Siz ham ushbu Kongress ishida onlayn tarzda ishtirok etib, Kongress ishida chiqish qilish imkoniga ega bo‘ling!

Kongressning rasmiy sayti: https://turcongress.online/. Qo‘shimcha ma’lumot: Lazarev Aleksey Vladimirovich, tel. +7 (928) 256-77-76, el. pochta: utcons@bk.ru.

Ulashish: