Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimiz talabalari Xitoyda xalqaro amaliyot dasturida ishtirok etmoqda

22.10.2026 1 daq o'qish 68

Universitetimiz talabalari Xitoyda xalqaro amaliyot dasturida ishtirok etmoqda

Universitetimiz to‘rt nafar talabasi Xitoyning Qingdao shahrida joylashgan Shandong tashqi savdo kasb-hunar kollejida bir oylik amaliyot dasturida ishtirok etmoqda.

Dastur doirasida talabalar xalqaro biznes va savdo yo‘nalishlaridagi amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish, kasbiy malakalarini oshirish, Xitoyning biznes muhiti va innovatsion tajribalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, akademik tadbirlar, korxonalarga tashriflar va madaniy almashinuvlarda ishtirok etish orqali xalqaro aloqalarini kengaytirish hamda global dunyoqarashini boyitish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

Xalqaro talabalar dasturining rasmiy ochilish marosimi
Shandong tashqi savdo kasb-hunar kolleji va universitetimiz o'rtasida bo'lib o'tdi.

Marosimda universitetning birinchi prorektori Dilmurod Nasimov so‘zga chiqib, xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash, talabalar almashinuvi imkoniyatlarini kengaytirish hamda ta’lim, biznes va kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

Galereya

Ulashish: