Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimizda Vakayama universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

22.10.2026 1 daq o'qish 61

Universitetimizda Vakayama universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun universitetimizda Yaponiyaning Vakayama universiteti vakillari kutib olindi. Mazkur tashrif O‘zbekiston va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash hamda o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalarini rivojlantirishga qaratildi.

Uchrashuv davomida ikki universitet vakillari oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari, akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Mazkur tashrif ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va xalqaro ta’lim hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Galereya

Ulashish: