2026-yil 2-5-aprel kunlari Samarqand viloyati hokimi A.Boboev boshchiligidagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti delegatsiyasi Malayziyaning poytaxti Kuala Lumpur shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lib, Malayziyaning turizm, san’at va madaniyat vaziri Dato Sri Tiong King Sing bilan yuqori darajadagi uchrashuv o‘tkazdi. O‘zaro ikki tomonlama muzokaralarda turizm va ta’lim sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tashrif doirasida delegatsiya a’zolari “O‘zbekiston–Malayziya biznes forumi – 2026”da faol ishtirok etishdi. Forumda tashkilotlar tomonidan universitetimiz uchun alohida joy ajratilib, faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi.
Malayziyaning yetakchi turizm kompaniyalari vakillari bilan samarali muloqotlar natijasida quyidagi yo‘nalishlarda kelishuvlarga erishish rejalashtirildi:
• talabalar uchun Malayziyadagi mehmonxonalar va turizm kompaniyalarida ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish;
• “Work and Travel” dasturi orqali talabalar uchun xalqaro tajriba imkoniyatlarini kengaytirish;
• Malayziyalik yoshlarni ta’lim turizmi orqali O‘zbekistonga jalb etish.
Bundan tashqari, delegatsiya MATTA Fair xalqaro turizm ko‘rgazmasida universitetning maxsus burchagi bilan faol ishtirok etdi.
Tashrif 6-9 aprel kunlari Indoneziya davlatida ham davom ettiriladi.