2026-yilning 26-mayidan 9-iyuniga qadar Xitoy Xalq Respublikasida “Seminar on Tourism Management Capacity Building for Belt and Road Countries” xalqaro o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti xodimi Habibullo Hasanov ham ishtirok etdi.
Dastur davomida turizmni boshqarish, madaniyat va turizm integratsiyasi, aqlli turizm, madaniy merosni saqlash hamda “Bir makon – bir yo‘l” doirasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Seminar davomida Pekin, Xefey va Chichjou shaharlaridagi turizm, madaniyat va innovatsion obyektlarga tashriflar amalga oshirildi. Shuningdek, O‘zbekistonning turizm salohiyati va milliy madaniyati xalqaro ishtirokchilarga tanishtirildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi hamda dastur davomida olingan bilim va tajribalar yuzasidan fikr almashildi.