2026-yil 4-aprelda Turizm akademiyasiga Germaniyaning Yevropa bo'yicha Davlar vaziri Gyunter Kirxbaum va GIZ (Nemis xalqaro hamkorlik jamiyati) vakillari tashrif buyurdi. Tashrif doirasida nemis hamkorlar akademiyaning o‘quv jarayonlari, amaliy kurslar va mutaxassisliklar bilan tanishib, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan suhbatlashdi.
Tashrif davomida mehmonlar universitet kutubxonasiga GIZ tomonidan taqdim etilgan ijtimoiy-iqtisodiy mavzularga doir kitoblar tuhfa qilindi. Ushbu kitoblar nafaqat kutubxona fondini boyitdi, balki talabalar va tadqiqotchilar uchun zamonaviy nemis adabiyoti va ilmiy manbalardan foydalanish imkonini yaratdi.