13-14 aprel kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi” doirasida Polsha Respublikasi fan va oliy taʼlim vaziri Marsin Kulasek hamda Qirg‘iz Ta’lim va innovatsiya vaziri o‘rinbosari Durus Kozuiev boshchiligidagi mehmonlar universitetimizga tashrif buyurishdi.
Tashrif dasturida mehmonlar uchun universitetimiz talabalari tomonidan yaratilgan startap loyiha namoyish qilindi. Shuningdek, mehmonlar universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mehmonlar mahalliy va xorijlik talabalarning ingliz tilida tashkil qilingan “Zakovat” intellektual o‘yinini hamda tog‘ turizmi yo‘nalishida amalga oshirilgan innovatsion loyihani kuzatish imkoniga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari, Qirg‘iz Ta’lim va innovatsiya vaziri o‘rinbosari Durus Kozuiev universitetimizda ta’lim olayotgan 5 nafar qirg‘iz yoshlari bilan suhbatlashdi va ularning o‘qish sharoitlari bilan qiziqdi.