2025-yil 3-oktabr kuni "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida хotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur saralash jarayoni iqtidorli va tashabbuskor talaba-qizlar orasidan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga munosib nomzodlarni aniqlash maqsadida tashkil etildi. Unda ishtirok etgan talabalar ilmiy salohiyati, ijodiy ishlari, ijtimoiy faolligi hamda yoshlar o‘rtasida olib borayotgan tashabbuslari asosida hakamlar hay’ati tomonidan har tomonlama baholandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-bosqich “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” yo‘nalishi 125-guruh talabasi Esanova Shaxzoda faxrli birinchi o‘rinni egallab, shahar bosqichiga yo‘llanma bilan taqdirlandi.