Administrator

Administrator

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich, "Ipak yo’li" turizm xalqaro universiteti jamoasi Sizni bugungi qutlug’ sana bilan muborakbod etib, Sizga cheksiz minnatdorchilik bildirib qoladi. Chunki Siz olib borayotgan oqilona va adolatli siyosat, hayotiy muhim va ahamiyatli qarorlaringiz o’laroq, mamlakatimiz o’z taraqqiyot yo’lidan ildam borayotir, jonajon xalqimizning hayoti esa gullab-yashnamoqda.

Bugungi muborak kunda Sizga jamiki ezguliklarni, ulkan rejalaringiz va g’oyalaringiz ijobatini, mustahkam sog’liq, sadoqatli va ishonchli hamfikrlar va oilaviy totuvlik tilab qolamiz.

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetining o’quv ishlab chiqarish markazi tomonidan talabalar uchun navbatdagi ikkinchi professional onlayn master-klass tashkil etildi. Unda Rimdagi «TorCarbone» maktabi o’qituvchisi va professional shef-povar bo’lgan Klaudio Fattorini o’z mahoratini namoyish qildi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, Klaudio Fattorini mehmonxona, turizm, restoran va sharoblar borasida ilg’or mutaxassis hisoblanadi.

Bu safar italiyalik mutaxassis onlayn rejimida janubiy italyancha kavatelli pastasini tayyorlashni o’rgatdi. Uning yoniga esa trokolli va mavsumiy sabzavotlardan ajoyib garnir tayyorlashning sir-asrorlaridan ham boxabar etdi. Taom tayyorlanishi shef-povarning batafsil izohlari va tushuntirishlari bilan kechdi. Xuddi qiyindek ko’ringan tayyorlanish jarayoni esa bir soatga ham bormadi. Oh, naqadar ishtahaochar va mazali! Buni rasmlarga qarab turib ham payqash qiyin emas.

Mahorat darsining ishtirokchilari va kuzatuvchilari orasida qatnashayotgan O’zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi inson resurslarini rejalashtirish va rivojlantirish departamenti boshlig’i Shuhrat Isakulov italiyalik mutaxassisga o’z minnatdorchiligini va bu kabi tadbirlar haqida o’z fikrini bildirib qoldi.

Tadbir so’nggida “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti o’quv ishlab chiqarish markazi direktori Muxamednazarova Irina master-klass tashkilotchisi va tashabbuskori bo’lgan Klaudio Fattoriniga tashakkur bildirdi. Ikki tomon bu kabi tadbirlarni kelgusida ham muntazam ravishda o’tkazish borasida kelishib olishdi.

Qiziqib qoldingizmi? Unda sizni ham tez kunlarda yana tashkil etiladigan navbatdagi onlayn master-klassida ishtirok etishga taklif etamiz. Yangiliklarni kuzatib boring, o’tkazib yubormang!

“Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti yana bir pog'onaga ko'tarildi. Universitetda olib borilayotgan sifatli va samarali ta'lim jarayoni mahsuli o'z natijasini berdi. Uning talabalari respublika olimpiadasida birinchilikni qo'lga kiritishdi.

Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkaziladigan fan olimpiadalari tizimini takomillashtirish va nufuzini oshirish hamda respublika oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo'lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yosh kadr qilib tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida respublika fan olimpiadasi tashkil etilib kelinadi. Shuningdek, respublika fan olimpiadalarini o'tkazish tartibining samarali mexanizmi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.

Olimpiadaning maqsadi- muayyan fan bo'yicha respublikaning OTMlari talabalari orasidan mutaxassislik va umumkasbiy fanlar bo'yicha iqtidorli, qobiliyatli va iste'dodlilarni aniqlash, ulardagi ijodiy qobiliyatlarning ro'yobga chiqishiga ko'maklashish va qo'llab-quvvatlashdan iborat. Olimpiadaning asosiy vazifalaridan biri – OTMlarda tahsil olayotgan talabalar orasidan eng iqtidorlilarini aniqlash, qobiliyatlilarini yanada rivojlantirishdir. Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida 2020 yil o'tkazilgan respublika onlayn fan olimpiadasining yakuniy natijalariga muvofiq, “Turizm va mexmondorchilika soslari” fani bo'yicha “Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti talabalari Saidzoda Shaxloxon faxriy 1-o'rin, Rashidov Rustamjon esa 2-o'rinni qo'lga kiritib, g'olib bo'lishdi. Iqtidorli talabalarimizni tabriklaymiz va ilmiy-ijodiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlatirish, mahalla institutini yanada qo’llab-quvvatlash, hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2020 yil 18 fevraldagi PF 5938-sonli Farmoni, hamda «O’zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida»gi 2020-yil 18 fevraldagi PQ 4602-sonli Qarori hamda 2020 yil 24 apreldagi O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyundagi 326-sonli Buyrug’i talablarini ijro etish maqsadida “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti birinchi prorektorining 2020 yil, 8 iyul kuni buyrug’i chiqarildi.

Ushbu buyruqqa asoslanib, 2020 yil 8 iyul kuni birinchi rorektor professor J.Eltazarov raisligida majlis o’tkazildi. Majlisda Xotin-qizlar masalalari bo’yicha bevosita ma’sul bo’lgan Xotin- qizlar masalalari bo’yicha Kengash tuzildi va 20 a’zodan iborat Kengash tarkibi tasdiqlandi.

Bundan so’ng namunaviy Nizomga muvofiq, universitet rektorining tavsiya etgan nomzodlari orasidan Kengash a’zolarining ovoz berish yo’li bilan Axborot resurslari markazi direktori Muxayyo Abbasova “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha (jamoatchilik asosida) rektor maslahatchisi etib saylandi.

O’zbek va Xitoy xalqlarini ikki mingyillik – Buyuk ipak yo’li gullab-yashnagan davrlardan buyon do’stona munosabatlar bog’lab turadi. Xalqlarimiz o’rtasidagi savdo-sotiq, ilmiy-madaniy rishtalar asrlar osha rivojlanib kelgan.

Bugun o’zbek-xitoy munosabatlari yangi bosqichga chiqdi. Bu davlatlarning o’zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirishning istiqbollariga birdek harakatlanib, intilayotganidan darak beradi. Uzoq va samarali hamkorlik natijasi o’laroq, bugun kengqamrovli yirik loyihalar, turli sohalardagi tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

2019 yilda “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti Beijing International Studies University bilan o’zaro hamkorlik memorandumini imzolagan edi. Xujjatga muvofiq, o’qituvchilar va talabalar bilan akademik almashish, qo’shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ixtisoslashtirilgan akademik kurslarni tashkil etish, ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalarni o’tkazish rejalashtirilmoqda.

Pandemiya sharoitida ham biz qo’shma loyihalar ustida ishlashni davom ettirib kelmoqdamiz, toki ular rejalashtirilayotgan ulkan ishlarimizning debochasi bo’lib xizmat qilgay.

Shuningdek, Beijing International Studies University(BISU)ni turizm sohasida olti yo’nalish bo’yicha UNWTO.TedQual akkreditasiyasidan muvaffaqiyatli o’tganligi bilan tabriklaymiz.

Shuni ta’kidlash lozimki, TedQual akkreditasiyasi har bir oliy ta’lim muassasasi uchun faqat nufuz va tijoriy muvaffaqiyat uchun kerak emas. Uning mavjudligi universitetga turizm industriyasiga ixtisoslashtirilgan ta’lim hamjamiyati a’zolari, ya’ni eng ilg’or OTMlar qatoridan joy olish imkonini beradi.

Xalqaro mehmondo’stlik va turizmni boshqarish sohasida o’qituvchi

Muassasa: «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti, www.univ-silkroad.uz.

Manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Samarkand shahri.

Arizalar qabul qilish muddati: 1 avgustdan kechikmasligi lozim.

Shakli: to‘liq, sirtqi. Boshlanishi: 2020 yil 1 sentyabr.

Kirish

 «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti 2018 yil 28 iyunda tashkil etilgan. Universitetni tashkil etish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018 yilda Shanxay hamkorlik tashkilotining sammitida ilgari surilgan edi. Bu Markaziy Osiyoda turizm sohasiga ixtisoslashgan yagona universitet va O‘zbekistonda xalqaro maqomga ega bo‘lgan birinchi davlat universiteti hisoblanadi.

Turizmni O‘zbekiston iqtisodiyotining strategik tarmog‘iga aylanishini hisobga olgan holda, turizm sohasi uchun yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Universitet maqsadi - Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayyohlarning diqqatga sazovor joyi sifatida mamlakatning obro‘sini oshirish va xalqaro standartlarga javob beradigan ta’lim berish orqali xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shishdir.

«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti Markaziy Osiyoning yetakchi ilmiy va ta’lim markaziga aylanishni maqsad qilgan. 2019 yildan beri universitet Sahid politexnika instituti (Indoneziya), Sahid Turizm instituti (Indoneziya), Guilin universiteti (Xitoy) va Logistika Oliy maktabi (Chyexiya) bilan ikki diplomli qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirmoqda. Barcha kurslar ingliz tilida olib boriladi.

Universitet Samarqand shahrida joylashgan bo‘lib, Markaziy Osiyoning eng qadimgi shaharlari va mintaqadagi muhim sayyohlik markazlaridan biri hisoblanadi. 2001 yilda YuNESKO ushbu shaharni «Samarqand - madaniyatlar chorrahasida» nomi bilan Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritdi.

Lavozim rezyumesi

O‘qituvchi mas’uliyati quyidagi ikkita yoki undan ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarni o‘tkazishni o‘z ichiga oladi: Xalqaro mehmondo‘stlik va turizm menejmenti, Uchrashuvlar, Rag‘batlantiruvchi turizm, Konferensiyalar va ko‘rgazmalarni boshqarish, Turizm marketingi, Turizmda raqamli media, Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar menejmenti, Transport menejmenti va turizmda logistika.

Muvaffaqiyatli nomzod talabalarni tashkillashtirishga rahbarlik qiladi, ilmiy tadqiqotlar olib boradi, talabalar va aspirantlarning tadqiqotlari yoki loyihalarini boshqaradi va boshqa o‘quv tadbirlarida ishtirok etadi.

Shuningdek, nomzod dasturlarni ishlab chiqish, targ‘ib qilish, talabalarni qabul qilish va mehmondo‘stlik va turizm dasturini muvofiqlashtirish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshiradi.

Lavozim tasviri

Xalqaro mehmondo‘stlik va turizm menejmenti, uchrashuvlarni tashkil qilish, rag‘batlantirish dasturlari, konferensiyalar va ko‘rgazmalar, sayyohlik marketingini boshqarish, turizm sohasidagi raqamli media, oziq-ovqat va ichimliklar menejmenti, transport va logistika menejmenti dasturlarini qo‘llab-quvvatlaydigan texnologiyalardan foydalangan holda bakalavr va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha turizm sohasida ta’lim berish;

Talabalarga ta’lim berish va karera o‘sishida murabbiylik qiladi, maslahat beradi va yordam beradi;

Talaba tajribasini oshiradigan kuchli soha hamkorligini rivojlantiradi;

Fakultetlar, kollejlar va universitetlarda ishtirok etish orqali qarorlarni qabul qilish jarayonida qatnashadi;

Talabalar va o‘qituvchilar almashinuv dasturlarini osonlashtirish uchun chet el kollejlari va universitetlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

Mahalliy va mintaqaviy tadbirlarda universitetning professional salohiyatini targ‘ib qilish;

Tadqiqot uchun mablag‘ni tashqi manbalardan olish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

Mehmondo‘stlik, turizm yoki shunga yaqin sohada filosofiya doktori unvoni;

Bakalavr darajasida mehmondo‘stlik dasturlarini o‘qitishda kamida 7 (5) yillik tajribaga ega bo‘lish;

O‘qitish, ilmiy-tadqiqot va professional xizmatning yuqori darajasi, to‘liq o‘qituvchi maqomida bo‘lgani ma’qulroq;

Samarali aloqa ko‘nikmalari, shaxslararo va yetakchilik fazilatlari, shuningdek o‘qituvchilar, talabalar, xodimlar, bitiruvchilar va ishbilarmon doiralar vakillari bilan o‘zaro ijobiy munosabatda bo‘lish qobiliyati;

Akademik tajriba, boshqaruv lavozimida bo‘lgani ma’qul, rejalashtirish, dasturlarni ishlab chiqish, baholash, muammolarni hal qilish, tashqi aloqalar va hamkorlik bo‘yicha ko‘nikmalarni namoyish etish;

Talabalarni o‘qitish va mukofotlash qobiliyati va o‘ziga bo‘lgan ishonchga asoslangan aniq muomala ko‘nikmalari;

Xalqaro sertifikat darajasidagi professional ingliz tiliga ega bo‘lish.

Tanlangan malaka

Mehmondo‘stlik va turizm sohasida 3-5 yillik professional tajribaga ega bo‘lish;

O‘qitish, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish tajribasi;

Sertifikatlangan mehmondo‘stlik tashkilotchisi yoki mehmondo‘stlik bo‘yicha sertifikatlangan mutaxassis;

Ilmiy jurnallarda tadqiqotlar o‘tkazish va nashr etish;

Statistika, ekonometrika va miqdoriy va sifatli tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha tajriba.

Quyidagilar taqdim etiladi:

Barcha qulayliklarga ega turar-joy;

Safar xarajatlari (O‘zbekistonga kirish va undan chiqish uchun aviachiptalar);

Xalqaro standartga muvofiq ish haqi (malakasi va salohiyatiga qarab muhokama qilinadi);

Kasbiy va ilmiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan boshqa xizmatlar.

Ariza beruvchilar to‘liq rezyume/o‘z ishlarining batafsil sharhi resenziyasi, mehnat biografiyasi, ilova xati, ma’lumotnomalar va sertifikatlarni yuborishlari kerak.

Murojaat uchun aloqa: O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti.

Elektron pochta manzili: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Telefon raqamlari: +99893 505-15-27 (qo‘ng‘iroqlar uchun emas, matnli va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabarlar Whatsapp, Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali yuborilishi mumkin).

Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetiga o’qituvchi lavozimiga menejment-turizm sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar ishga taklif qilinadi (ilmiy daraja olqishlanadi).

Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

  • nomzod tomonidan shaxsan ingliz, o’zbek va rus tillarida tuzilgan mehnat samaradorligi ko’rsatkichi – KPI yoki CV;
  • mutaxassislik fanidan ingliz tilida o’tilgan darsning 20 minutlik videotasviri;
  • Ilmiy maqolalar ro’yxati;
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim muassasalarida chet tillarini o’qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2017 yil 11 avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan chet tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori bo’lgan) to’g’risidagi sertifikatga yoki unga tenglashtirilgan ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi hujjat (IELTS–6.5, TOEFL 575, xorijda ta’lim olgan va dars bergan mutaxassislarga til bilish sertifikati shart emas);
  • ta’lim sohasida 2 yildan kam tajribaga ega bo’lishi;
  • kompyuter texnikasini yaxshi egallashi;
  • o’z mutaxassisligi va ingliz tilini mukammal bilishi;
  • o’qituvchilik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni yurita olishi;
  • zarurat tug’ilganda xizmat safarlariga chiqishi;
  • shaxsiy fazilatlardan: shijoatlilik, faollik, mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik, sobitqadamlik talab etiladi.

O’z navbatida “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti nomzodlarga:

  • barqaror maosh (oylik ustama haqi bilan); istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyatini; xorij davlatlariga xizmat safarlarini taklif qiladi.
  • Ishtartibi: dushanbadan jumaga qadar (09:00 dan 17:00 gacha)

Barcha savollar bo’yicha mas’ul Nargiza Abduvaxidovaga +998972857839 telefon raqami orqali soat 10:00 dan 17:00 gacha 2020 yil 20 iyulga qadar murojaat qilishingiz mumkin.

Nomzodlar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi kerak:

  • Mutaxassislik fanini ingliz tilida o’tgan 20 minutlik video dars
  • O’zbek yoki (rus), ingliz tilidagi KPI va CV

2020 yilning 2 iyul kuni «Ipak yo’li» turizm xalqaro universitetida O’quv ishlab chiqarish markazi va «Tor Carbone» Rim maktabi shef-povari Klaudio Fattorini tashabbusi bilan «How to make a seasonal Italian risotto using asparagus» (Sparjadan foydalangan holda mavsumiy italyancha rizotto tayyorlash) mavzuidagi onlayn rejimda master-klass tashkil etildi.

Master-klass davomida Klaudio Fattorini Italiya milliy taomi – rizottoning tayyorlanish jarayonini batafsil namoyish etib, professional tajribasi bilan o’rtoqlashdi.

Katta tajribaga ega Klaudio Fattorini rizotto taomining qiziqarli tarixi haqida hikoya qilib berdi. Rizotto xuddi pissa va spagetti misol Italiya oshxonasining ramzi hisoblanadi. Gap shundaki, bu ajoyib taom oshpazning beparvoligi tufayli paydo bo’lgan ekan. Aslida u guruchli sho’rva tayyorlayotgan bo’lgan va diqqatsizligi tufayli ovqati suvsiz qolib ketgan. Qiziqarli tomoni, suvsiz qolgan sabzavotli va go’shtli guruch ajoyib ta’mga ega bo’lgan. Italyancha rizottoning ilk reseptlari XVI asrga oid bo’lib, hozirda ushbu taomni tayyorlashning mingga yaqin tayyorlanish usullari mavjud.

Master-klass so’nggida ishtirokchilar italiyalik mutaxassisga minnatdorchilik bildirib, bu kabi tadbirlar doimiy tarzda o’tkazilishiga fikr bildirishdi.

Seshanba, 30 Iyun 2020 12:37

30 iyun – O‘zbekiston yoshlari kuni

Yoshlar – baxtli kelajak timsoli, ko‘p narsani o‘zgartirishga qodir bo‘lgan kuch-quvvatdir.

Hozirgi yoshlarga o‘z yo‘lini topish, salohiyatini ro‘yobga chiqarish va istiqbolli g‘oyalarini hayotga tatbiq qilish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud va sharoitlar yaratilgan.

Yoshlarimizga o‘z maqsadlariga intiluvchanlik, jasorat, kuchli ruh, yangi yuksak cho‘qqilarga erishishni tilab qolamiz. Shuningdek, voqealar, ajoyib kashfiyotlar va g‘alabalarga to‘la yorqin hayot yor bo‘lsin!

Eslatib o‘tamiz: 30 iyun kuni soat 19.30 da qadimiy Mo‘ynoq shahridan unutilmas «Welcome to Uzbekistan edition» shousining to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Jonli namoyishda mamlakatimizning taniqli (mashxur) didjeylari – @dj_niki_china, @djkachell, @kadamique, @sanjaymusicofficial Orolqum qumliklarining go‘zal manzaralarida o‘zlarining ajoyib musiqalarini sizlar uchun taqdim etishadi.

Shouni DMFest.uz rasmiy kanalida va Facebook, Instagram, YouTube ijtimoiy tarmoqlarida ko‘rishingiz mumkin.

Seshanba, 23 Iyun 2020 17:03

Xorijiy abituriyentlar uchun ma’lumot

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti (bundan buyon Universitet deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi 3815-sonli qarori bilan Samarqand shahrida tashkil etilgan.

Bugungi kunda universitet turizm sohasida yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet o’z bitiruvchilariga chuqur nazariy bilim va amaliy tajribaga ega bo’lish, ularning kasb haqidagi tushunchalarini o’zgartiradi va ularga dunyoning eng yaxshi mehmonxonalari, restoranlari va sayyohlik kompaniyalarida ishlash imkoniyatini beradi.

Universitetning maqsadi - jahon turizm bozorida yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat bo’lib, mintaqalarning turistik aylanmasiga to’liq jalb etilishini, xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirishni va Buyuk ipak yo’lidagi jozibali turistik makon sifatida respublikaning ijobiy imidjini shakllantirishdan iboratdir.

2020/2021 o’quv yilidan boshlab universitet xalqaro turizm sohasi mutaxassislari uchun kredit ta’limi tizimidan foydalanmoqda.

Bugungi kunda universitet quyidagi yo’nalishlarda ta’lim xizmatlarini taklif etadi:

Kunduzgi ta’lim:

  • Menejment (sohalar va yo’nalishlar bo’yicha);
  • Marketing (turizm sohasida marketing);
  • Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha);
  • Gid hamrohlik va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili).

Sirtqi ta’lim shakli:

  • Marketing (turizm sohasida marketing);
  • Menejment (ommaviy tadbirlar menejmenti);
  • Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha).

Magistratura:

  • Menejment (turizm, mehmonxonalar va ommaviy tadbirlarni boshqarish);
  • Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha).

Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan xorijiy abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish va ro’yxatdan o’tkazish (pasport, o’rta ma’lumot to’g’risidagi shahodatnoma yoki o’rta maxsus ma’lumot to’g’risidagi diplomning skaner varianti, abituriyentning telefon raqami) onlayn tarzda Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  elektron manzil orqali 2020 yil 20 iyundan 20 avgustga qadar amalga oshiriladi.

Chet ellik abituriyentlarni qabul qilish suhbat asosida bo’lib o’tadi.

Hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish 2020 yil 20 avgustgacha amalga oshiriladi

Universitet manzili: O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet hiyoboni, 20.

Ma’lumot uchun telefon raqamlari:

+99893 348-33-80; (Telegram, IMO)

+99897 577-56-88; (Telegram)

+99897 285-78-39; (Watsapp, Telegram, IMO)

+99893 359-55-10; (Watsapp, Telegram, IMO)

Yanada batafsilroq ma’lumotni universitet vebsaytida topishingiz mumkin.

107 dan 149 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar