Administrator

Administrator

Seshanba, 01 Sentyabr 2020 20:07

O‘zbekistonning turizm sohasi vakillariga!

Hurmatli gidlar, turoperatorlar, turagentlar, otelyerlar, yo‘l bo‘yi infratuzilma va transport kompaniyalari vakillari, HoReCa, o‘lkashunoslar, tarixchilar, arxeologlar, nodavlat sektor vakillari hamda turizm va mehmondo‘stlik sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kishilar!

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi nomidan va o‘z nomimdan Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi bilan samimiy tabriklashga ijozat bergaysiz.

So‘nggi yillarda turizm sohasi tomonidan O‘zbekistonning turizm salohiyatini jahon miqyosida targ‘ib qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Turizm sohasi vakillari ichki va xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha choralarni ko‘rishmoqda, birinchi navbatda, mamlakatimiz hududlaridagi turizm infratuzilmasini yaxshilashga doir faol ishlar olib borilmoqda.

COVID-19 bilan bog‘liq global pandemiya va undan keyin turizm sanoatida yuz bergan butunjahon inqirozdan oldin bizning yurtimizga tashrif buyurishni istagan sayyohlar oqimi kattaligi tufayli O‘zbekiston mehmondo‘stlik sanoati joylar yetishmasligi va transport xizmatlarini ko‘rsatishda qiyinchiliklarga duch keldi. 2020 yilda 8 millionga yaqin chet ellik mehmonlar kelishi kutilgan edi. Afsuski, bu butun dunyoda va mamlakatimizda turizmning to‘xtab qolishi va vaqtinchalik ishsizlikka olib keldi.

Umid qilamizki, tez orada koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz chekinadi va mamlakatimizda turizmni rivojlantirish yo‘lida rejalashtirilgan marralar, jumladan, 2025 yilgacha 10 milliondan ortiq chet ellik mehmonni qabul qilish bo‘yicha ko‘rsatkichga erishishga oid ishlar boshlanadi.

O‘zbekistondagi turizm sohasi vakillaridan sabr-matonat va birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan global raqobatga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘rayman! Birdamlikda biz barchasiga erishishimiz mumkin!

Bizning oldimizda yangi ish o‘rinlari, turizmning yangi turlarini yaratish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish, monetizatsiyalash bilan bog‘liq katta vazifalar turibdi. Bu esa, shubhasiz, mamlakatimizdagi aholi farovonligi darajasining oshishiga turtki beradi.

Ayni paytda biz bor kuchimizni ichki va mahalliy turizmni rivojlantirishga yo‘naltirishimiz kerak. Xorijlik sayyohlarni jalb qilish mamlakatimizda sayohat xavfsizligi sharoitlarining yaratilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Muvaffaqiyat Vatanimiz ravnaqi yo‘lida olib borilayotgan saʼy-harakatlarimizga bog‘liq bo‘ladi.

Biz guvohi bo‘lgan turizm sohasidagi islohotlarning dinamikasi va so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar buni isbotladi.

Barchamiz birga O‘zbekistonning tez orada turizm yo‘nalishida dunyodagi yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga bor hissamizni qo‘shamiz.

O‘zbekiston sayyohlik sanoatining barcha vakillariga Mustaqillik kuni muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov

Aziz hamkasblar! Muhtaram do’stlar!

“Ipak yo’li” xalqaro turizm universiteti ma’muriyati Sizni xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!

Shunday qutlug’ damda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolamiz!

Siz bilan biz shunday baxtli odamlarmizki, mana 29 yildan buyon ajdodlarimiz uzoq yillar orziqib kutgan erkin va ozod mamlakatda yashayapmiz. Eng muhimi, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va uning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo’shilishiga o’z mehnatimiz bilan hissa qo’shmoqdamiz.

Mustaqillik bizga milliy o’ziga xosligimizni, or-nomus va g’ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimiz bilan faxrlanish hissini qaytargan bayram sifatida abadiy qoladi va jonajon Vatanimiz yilnomasiga oltin harflar bilan yoziladi.

Yana bir bor mustaqillik bayrami muborak bo’lsin! Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo’lgan jonajon O’zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo’lsin!

“Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti vakillari UNWTO akademiyasi va Yevropa turizm universitetlari assotsiatsiyasi vakillari bilan onlayn muzokaralar o'tkazishdi.

Mazkur uchrashuvda UNWTO akademiyasining direktori O.Valdez, UNWTOning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori o'rinbosari P.Jane va UNWTO akademiyasi xodimlari L.Garner va S.Figuraslar ishtirok etishdi.

Zoom orqali o’tkazilgan onlayn muloqat davomida "Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov hamda Xalqaro faoliyatni rivojlantirish bo'limi boshlig'i v.v.b. A.Kamilovlar ishtirok etishib, UNWTO tashkiloti turizm sohasidagi yetakchi Jahon instituti sifatida madaniyatlararo almashinuv va xalqlarning ma'naviy boyishini faol ravishda qo'llab-quvvatlayotganini borasida to’xtalib, tashkilot bugungi kunda 150 dan ortiq mamlakatlarni o’zaro birlashtirib, turizm sohasini rivojlanishini ta’kidlab o’tishdi.

“UNWTO vakillari bilan muzokaralar chog'ida yo'l xaritasini yangilash, “Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti va Yevropaning yetakchi universitetlari o'rtasida o'qituvchilar va talabalar almashinuvi bilan bog'liq ko'plab masalalarni muhokama qilindi”, - dedi A.Kamilov. – “Xususan, UNWTO akademiyasi va Yevropaning taniqli universitetlari yaqin yillarda bizning universitetimizga turizm sohasidagi a'lo darajada akkreditatsiyadan o'tgan o'qituvchilarni taqdim etadi.

Muzokaralarning yana bir muhim qismi - UNWTO TEDQual sertifikatini olish uchun hujjatlarni tayyorlash. Shu bilan birga, chet el mutaxassislari va ekspertlarini o'quv jarayoniga jalb qilish, shuningdek TICA, DAAD, KOICA, Erasmus +, JICA, AHLEI, UNESCO kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, universitet professor-o'qituvchilari va talabalarini zamonaviy o'quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta'minlash uchun universitetning "Elektron kutubxonasi"ni UNWTO xalqaro elektron kutubxonasiga ulash rejalashtirilganligi ta'kidlandi.

Bir necha oydan beri davom etayotgan pandemiya jamiyatimizning ko’pgina sohalariga salbiy ta’sirini o’tkazmay qo’ymadi. Biroq shunday sinovli, og’ir damlarda ham har bir tashkilot o’z imkoniyatlaridan foydalanib, faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Chunonchi, “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti biror kun bo’lsa-da, o’z faoliyatini to’xtatgani yo’q. Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, o’quv jarayoni ham, ish jarayoni ham amalga oshirilib kelinmoqda.

Avgust oyining boshida universitetning professor-o’qituvchilari tarkibiga o’qituvchilarni qabul qilish bo’yicha suhbat bo’lib o’tdi. Ayniqsa, xujjat topshirgan nomzodlar orasida nufuzli xorij universitetlarida tahsil olgan yuqori malakali yurtdoshlarimizning borligi juda quvonarli hol bo’ldi. Shuni aytish joizki, ushbu vaziyatda chet elda faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimizni vatanga qaytarish imkoniyati paydo bo’lmoqda.

Suhbatdan muvaffaqiyatli o’tgan o’qituvchilar ISO9001-2015 xalqaro ta’lim standartlariga moslashtirilgan ta’lim dasturi fanlari bo’yicha Syllabus'lar asosida faoliyat yuritishadi. Universitetda o’quv dasturi - Syllabus jahon andozalariga ko’ra tuzilgan bo’lib, ularning standartlari xalqaro talablarga to’la javob beradi. Fanlar doirasida o’qituvchilarga akademik mustaqillik berilgan bo’lib, ular o’quv dastur – Syllabus'larni mustaqil ravishda kreativ yondashgan holda tuzish imkoniyati berilgan. O’qituvchilarga talabalarni shu fan dunyosiga olib kirishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Talabalarni faqatgina imtihon yoki fanning qaysidir bo’limiga tayyorlash emas, balki ularda izlanuvchanlik, kreativlik, har qanday sharoitda qaror qabul qilish ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida oraliq (Midterm) nazoratlari shakli sifatida prezentasiya, turistik yo’nalishlarni kashf qilish, loyihalar joriy qilingan.

Yangi o’quv yili universitet ko’chishi rejalashtirilayotgan yangi zamonaviy binoda boshlanadi. “Aqlli kampus” mavqyeiga ega bino jahonning eng nufuzli ta’lim dargohlari standartlariga muvofiq holda bunyod etilib, jihozlanmoqda. Bunday yuksak imkoniyatlar faqatgina o’qib-izlanish, o’z ustida ishlash, bilim va salohiyatni oshirishga undashi shubhasiz. Ustiga-ustak yuqori malakali professor-o’qituvchilar, mutaxassislar xalqaro universitet mavqyeini yanada ko’tarib, shu nomga munosib bo’lishga intilishiga umid bog’laymiz.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik ahamiyatga ega tarmog’i sifatida qayd etilayotgan turizm sohasini rivojlantirish, milliy brendni ommaviylashtirish, tanitish va ilgari surishda nafaqat respublikada, balki Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan turizm sohasidagi xalqaro mavqyega ega oliy ta’lim muassasasining o’rni beqiyos. Turizm sohasida raqobatbardosh yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, o’stirish borasida universitetimizning yetakchilikni qo’lga kiritishiga shubha yo’q.

Shanba, 22 Avgust 2020 10:22

Kirish imtihonlariga tayyorgarlik

"Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti ochiq havoda o‘tkaziladigan kirish imtihonlariga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.

Avval xabar qilinganidek, pandemiya holatida mas'ul vazirlik va idoralarga kirish imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko'rish vazifasi yuklatildi. Yopiq binolar

 sanitariya-gigiyena me'yorlariga, shuningdek, ijtimoiy masofaga muvofiqligi xavfsizlik ko'rsatkichlari nuqtai nazaridan mos kelmasligi sababli, sinovlarni poytaxtimiz va barcha viloyatlardagi markaziy stadionlarda o'tkazishga qaror qilindi. Mamlakatning 155 stadioni ko’rib chiqilib, shundan 40tasi imtihonlarni o’tkazish uchun tanlab olindi.

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov topshirig'iga binoan, Samarqandda test sinovlari beshta stadionda o'tkaziladi. Jumladan, "Lokomotiv" futbol klubi, Sartepo massividagi 2-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabi, Kimyogarlar shaharchasi, Samarqand Davlat chet tillar instituti, shuningdek, Samarqand shahridagi eshkak eshish bo'yicha olimpiya zaxiralari bolalar va o'smirlar sport maktabining ochiq futbol maydonlarida 2020/2021 o’quv yiliga kirish imtihonlarini o’tkazish rejalashtirilgan.

Ikki kun ichida universitet ma'muriyati test topshirish uchun mo'ljallangan stadionlarga pandemiya sharoitida, Sog’liqni saqlash Vazirligining tavsiyalariga asosan, o'quv jihozlarini o’rnatgan va test sinovlarni o’tkazishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib utamiz, kirish imtihonlari 2 sentyabrda boshlanadi va 14 kun davom etadi.

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti internatsionalizatsiya va strategik rivojlantirish masalalari bo‘yicha Birinchi prorektori prof. J.D.Eltazarov milliy va xalqaro miqyosda taqdim etilgan ushbu akademiya faoliyatidagi xizmatlari uchun Turkiya Respublikasi Otaturk nomidagi madaniyat, til va tarix Oliy Akademiyasining faxriy muxbir a’zosi etib saylandi.

Akademiya prezidenti prof. Gurer Gulsevin prof. J.D.Eltazarovni Otaturk nomidagi madaniyat, til va tarix Oliy Akademiyasiga a’zo bo‘lganligi munosabati bilan tabrikladi va o‘zbek-turk munosabatlarida do‘stlik, strategik sheriklik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda ijobiy o‘sish mavjudligini qayd etdi. Bundan tashqari, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda, turizm sohasidagi hamkorlik faol rivojlanmoqda, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlar faol ravishda mustahkamlanib bormoqda.

Ma’lumot uchun: Madaniyat, til va tarix Oliy Akademiyasi 1932- yil 12-iyulda Turkiya Respublikasi Birinchi Prezidenti Mustafo Kamol Otaturkning buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Akademiyaning maqsadi – turk tilini o‘rganish va olingan natijalarni tahlil qilish va aniqlashdir. Shu kungacha ushbu maqsadni amalga oshirish uchun akademiya qoshida ko‘plab oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi. Ularning har birida ilmiy qo‘mitalar mavjud. Ularning 20 tasi 40 nafar doimiy a’zolardan iborat bo‘lib, Madaniyat, til va tarix bo‘yicha Otaturk Oliy Kengashi tomonidan saylanadi.

Уважаемые студенты! Разрешите поздравить Вас, Ваших родных и близких со светлым, великим и священным праздником Исламского мира - Курбан Хайит!

В эти тяжелые дни желаю всем Вам крепкого здоровья! Пусть Всевышный дарует Вашим семьям благополучия, благосостояния, мира и спокойствия! Удачи и процветания в вашей учебе и работе! Пусть мирное и голубое небо не покинет небо нашей любимой Родины!

Вы будущие высококвалифицированные специалисты в сфере туризма, и я желаю каждому из Вас внести свой вклад в развитие туристической индустрии нашей страны своими инновационными проектами, креативными идеями и предложениями!

Желаю Вам встретить этот светлый и добрый праздник милосердия в спокойной и теплой обстановке в кругу здоровых и счастливых родных, близких. Возвращение к нормальной и обычной жизни, в первую очередь, во многом зависит от нас!

Здоровья, мира, добра и тепла!

Азиз Абдухакимов

Заместитель премьер-министра Республики Узбекистан, ректор Международного университета туризма "Шелковый путь"

Hurmatli o'qituvchilar, xodimlar, talabalar va ularning ota-onalari, shuningdek, «Ipak yo'li» turizm xalqaro universitetiga kirish niyatida bo'lgan abituriyentlar! Islomdagi eng muqaddas va qadrlanadigan kunlardan biri - Arafa kuni munosabati bilan barchangizni chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Bugun quyosh botishi bilan dunyo ziyoratchilarining turli tillarda samimiy tavba-tazarru va Allohga Yer yuzida yaxshilik tilab duolar bilan murojaat qiladigan shukronalari bilan to'ladi. Hozirgi og'ir zamonda ushbu ezgu kun har birimiz uchun muhimdir. Aynan shu kuni odamlar yaqinlaridan kechirim so'rashadi, ro'za tutishadi va ibodat qilishadi, toki Alloh odamlarni tinglasin va ularga o'z ishlarida, harakatlarida va ruhiy tozalanishida yordam bersin. Arafa - tavba qilish, xatolarini tan olish, dushmanlarni kechirish, o'zini nafs balosidan tiyish va ma'naviy mulohazalarga sarflash kerak bo'lgan kundir. Shunda ibodatlar eshitiladi va qalb gunohli ehtiroslar dunyosining nopokligidan tozalanadi. Alloh barchamizga ushbu mushkul davrda yuksak insoniy fazilatlarni, haqiqiy imonni va birodarlarcha munosabatni hadya etsin.

Qurbon hayiti arafasida Yer yuzi ilohiy nur, tinchlik-osoyishtalik va barcha insonlarning xolis ibodatlariga to'lsin.

"Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti ma’muriyati

Shanba, 25 Iyul 2020 09:06

Chuqur hamdardlik bildiramiz

Universitet rektorati, kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkiloti va talabalar parlamenti “Menejment (xalqaro mehmondo’stlik va turizm ta’lim yo’nalishi 1-bosqich magistranti O’tkir O’ktamovich Temurovning bevaqt vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari, yaqinlari va do’stlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

106 dan 149 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar