Juma, 07 Avgust 2020 16:49

Turkiya Respublikasi Otaturk nomidagi madaniyat, til va tarix Oliy Akademiyasi bilan hamkorlik

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti internatsionalizatsiya va strategik rivojlantirish masalalari bo‘yicha Birinchi prorektori prof. J.D.Eltazarov milliy va xalqaro miqyosda taqdim etilgan ushbu akademiya faoliyatidagi xizmatlari uchun Turkiya Respublikasi Otaturk nomidagi madaniyat, til va tarix Oliy Akademiyasining faxriy muxbir a’zosi etib saylandi.

Akademiya prezidenti prof. Gurer Gulsevin prof. J.D.Eltazarovni Otaturk nomidagi madaniyat, til va tarix Oliy Akademiyasiga a’zo bo‘lganligi munosabati bilan tabrikladi va o‘zbek-turk munosabatlarida do‘stlik, strategik sheriklik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda ijobiy o‘sish mavjudligini qayd etdi. Bundan tashqari, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda, turizm sohasidagi hamkorlik faol rivojlanmoqda, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlar faol ravishda mustahkamlanib bormoqda.

Ma’lumot uchun: Madaniyat, til va tarix Oliy Akademiyasi 1932- yil 12-iyulda Turkiya Respublikasi Birinchi Prezidenti Mustafo Kamol Otaturkning buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Akademiyaning maqsadi – turk tilini o‘rganish va olingan natijalarni tahlil qilish va aniqlashdir. Shu kungacha ushbu maqsadni amalga oshirish uchun akademiya qoshida ko‘plab oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi. Ularning har birida ilmiy qo‘mitalar mavjud. Ularning 20 tasi 40 nafar doimiy a’zolardan iborat bo‘lib, Madaniyat, til va tarix bo‘yicha Otaturk Oliy Kengashi tomonidan saylanadi.

O'qilgan 5638 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar