Seshanba, 25 Avgust 2020 15:29

Yangi o’quv yiliga - yangi imkoniyatlar bilan!

Bir necha oydan beri davom etayotgan pandemiya jamiyatimizning ko’pgina sohalariga salbiy ta’sirini o’tkazmay qo’ymadi. Biroq shunday sinovli, og’ir damlarda ham har bir tashkilot o’z imkoniyatlaridan foydalanib, faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Chunonchi, “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti biror kun bo’lsa-da, o’z faoliyatini to’xtatgani yo’q. Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, o’quv jarayoni ham, ish jarayoni ham amalga oshirilib kelinmoqda.

Avgust oyining boshida universitetning professor-o’qituvchilari tarkibiga o’qituvchilarni qabul qilish bo’yicha suhbat bo’lib o’tdi. Ayniqsa, xujjat topshirgan nomzodlar orasida nufuzli xorij universitetlarida tahsil olgan yuqori malakali yurtdoshlarimizning borligi juda quvonarli hol bo’ldi. Shuni aytish joizki, ushbu vaziyatda chet elda faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimizni vatanga qaytarish imkoniyati paydo bo’lmoqda.

Suhbatdan muvaffaqiyatli o’tgan o’qituvchilar ISO9001-2015 xalqaro ta’lim standartlariga moslashtirilgan ta’lim dasturi fanlari bo’yicha Syllabus'lar asosida faoliyat yuritishadi. Universitetda o’quv dasturi - Syllabus jahon andozalariga ko’ra tuzilgan bo’lib, ularning standartlari xalqaro talablarga to’la javob beradi. Fanlar doirasida o’qituvchilarga akademik mustaqillik berilgan bo’lib, ular o’quv dastur – Syllabus'larni mustaqil ravishda kreativ yondashgan holda tuzish imkoniyati berilgan. O’qituvchilarga talabalarni shu fan dunyosiga olib kirishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Talabalarni faqatgina imtihon yoki fanning qaysidir bo’limiga tayyorlash emas, balki ularda izlanuvchanlik, kreativlik, har qanday sharoitda qaror qabul qilish ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida oraliq (Midterm) nazoratlari shakli sifatida prezentasiya, turistik yo’nalishlarni kashf qilish, loyihalar joriy qilingan.

Yangi o’quv yili universitet ko’chishi rejalashtirilayotgan yangi zamonaviy binoda boshlanadi. “Aqlli kampus” mavqyeiga ega bino jahonning eng nufuzli ta’lim dargohlari standartlariga muvofiq holda bunyod etilib, jihozlanmoqda. Bunday yuksak imkoniyatlar faqatgina o’qib-izlanish, o’z ustida ishlash, bilim va salohiyatni oshirishga undashi shubhasiz. Ustiga-ustak yuqori malakali professor-o’qituvchilar, mutaxassislar xalqaro universitet mavqyeini yanada ko’tarib, shu nomga munosib bo’lishga intilishiga umid bog’laymiz.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik ahamiyatga ega tarmog’i sifatida qayd etilayotgan turizm sohasini rivojlantirish, milliy brendni ommaviylashtirish, tanitish va ilgari surishda nafaqat respublikada, balki Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan turizm sohasidagi xalqaro mavqyega ega oliy ta’lim muassasasining o’rni beqiyos. Turizm sohasida raqobatbardosh yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, o’stirish borasida universitetimizning yetakchilikni qo’lga kiritishiga shubha yo’q.

O'qilgan 4374 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar