×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Shanba, 22 Avgust 2020 10:22

Kirish imtihonlariga tayyorgarlik

"Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti ochiq havoda o‘tkaziladigan kirish imtihonlariga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.

Avval xabar qilinganidek, pandemiya holatida mas'ul vazirlik va idoralarga kirish imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko'rish vazifasi yuklatildi. Yopiq binolar

 sanitariya-gigiyena me'yorlariga, shuningdek, ijtimoiy masofaga muvofiqligi xavfsizlik ko'rsatkichlari nuqtai nazaridan mos kelmasligi sababli, sinovlarni poytaxtimiz va barcha viloyatlardagi markaziy stadionlarda o'tkazishga qaror qilindi. Mamlakatning 155 stadioni ko’rib chiqilib, shundan 40tasi imtihonlarni o’tkazish uchun tanlab olindi.

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov topshirig'iga binoan, Samarqandda test sinovlari beshta stadionda o'tkaziladi. Jumladan, "Lokomotiv" futbol klubi, Sartepo massividagi 2-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabi, Kimyogarlar shaharchasi, Samarqand Davlat chet tillar instituti, shuningdek, Samarqand shahridagi eshkak eshish bo'yicha olimpiya zaxiralari bolalar va o'smirlar sport maktabining ochiq futbol maydonlarida 2020/2021 o’quv yiliga kirish imtihonlarini o’tkazish rejalashtirilgan.

Ikki kun ichida universitet ma'muriyati test topshirish uchun mo'ljallangan stadionlarga pandemiya sharoitida, Sog’liqni saqlash Vazirligining tavsiyalariga asosan, o'quv jihozlarini o’rnatgan va test sinovlarni o’tkazishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib utamiz, kirish imtihonlari 2 sentyabrda boshlanadi va 14 kun davom etadi.

O'qilgan 4981 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}485{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar