Administrator

Administrator

2024-yil 1-iyuldan 1-avgustga qadar yurtimizda “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun”” tadbiri o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

 Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida 16-25 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovi eʼlon qilinadi.

    Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

    Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlishi;

    Aniq bir gʻoya yoki loyihaga ega boʻlishi;

    IQ test natijasi 110 balldan past boʻlmasligi;

    Turli tanlovlarda gʻolib boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom, sertifikat yoki tavsiyanomaga ega boʻlishi.

    Tanlovda ishtirok etishni istaganlar vorislar.uz sayti yoki @vorislar_tanlovi_bot   telegram-bot orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Endilikda universitetimiz binosining old qismida mo‘jazgina, ajoyib kutubxona tashkil qilindi. Kutubxonada xorijiy va mahalliy ijodkorlar qalamiga mansub turli badiiy adabiyotlar saqlanmoqda. Aholi va yoshlarga bundan keng foydalanish imkoniyati yaratilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad xalqimiz o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishdan iborat. Ushbu kutubxonadan barcha kitobxonlar foydalanishi mumkin. Eslatma: Olingan kitoblarni ro‘yxatdan o‘tkazish va o‘z vaqtida kutubxonaga qaytarishni unutmang.

Chorshanba, 05 Iyun 2024 11:27

Hurmatli talabalar!

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faol va iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash uchun taqdim etiladigan stipendiya dasturlarida ishtirok etish imkoniyatini mamnuniyat bilan e'lon qiladi!

2024-2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi va Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga hujjatlarni qabul qilish boshlanmoqda.

Talabgorlar:
2- va 3-bosqich bakalavr talabalari.

2- va 3- bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasiga va Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga hujjat topshirishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 % a’lo bo‘lishi shart;

Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi va Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 25 % gacha yaxshi bo‘lishi mumkin.

Tanlovning universitet bosqichiga hujjatlar topshirish muddati 2024-yilning 20-iyun sanasiga qadar.

Qo'shimcha savollar bilan Ilmiy tadqiqotlar bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin +998662406785

Bahorning iliq kunlarida darsdan keyin sport bilan shug‘ullanish kishi uchun zavq bag‘ishlash bilan birga, salomatlik garovi ham hisoblanadi. Shu kunlarda talabalarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida universitetimizga qarashli Talabalar turar joyidagi sport maydonchalarida qizlar uchun sportning badminton, o‘g‘il bolalar uchun futbol turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib kelinayapti. Musobaqada barcha talabalarimiz faol bo‘lish bilan birga musobaqalarda g‘oliblikka ham erishib kelayapti.

Juma, 26 Aprel 2024 09:43

E’lon!

Ostonov O‘tkir Yangiboyevichning iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilish bo’yicha Ostonov O’tkir Yangiboyevichning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha «QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA TASHKILIY–IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH» mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 27-aprel kuni soat 10:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Shu kunlarda yurtimizda, xususan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandda mehmon bo‘lib turgan BAA Sharja amirligi Hukumati ijrochi raisi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy boshchiligidagi delegatsiya a’zolari 18-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lishdi. Delegatsiya a’zolariga universitet tarixi va bugun kundagi faoliyati, turizm sohasiga mutaxassislar tayyorlash borasidagi ishlar, Turizm Akademiyasi xususida universitetimiz rektori Aziz Abduhakimov to‘liq ma’lumot berdi. Mehmonlar universitetda ta’lim-tarbiya jarayoni yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiya a’zolarida universitetimizda tashkil qilingan turli san’at asarlari, milliy liboslar galeriyasi, turizm sohasidagi laboratoriyalar, kutubxona, sport zal faoliyati juda katta taassurot qoldirdi.

 - Menga Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti juda katta taassurot qoldirdi. Oliygohda ma’naviy qiymati juda yuqori bo‘lgan san’at asarlari borligini ko‘rib hayratga tushdim va qiziqishim yanada ortdi. Zamonaviy kampusdagi xorijlik va mahalliy talabalar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar turizm sohasining kelajagining yanada yorqinligidan dalolat beradi.   

Ma’lumot uchun 18 aprel kuni Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Art-Rezidensiyada Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib va unda  BAA Sharja amirligi Hukumati ijrochi raisi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Sharja arxeologiya boshqarmasi bosh direktori Eisa Yusuf, BAA delegatsiyasi vakillari, mahalliy mutaxassislar ishtirok etdi.

Joriy yilning 18-aprel sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining universitet Kengashi hamda oliygohimiz Sport mashg‘ulotlari bo‘limi tomonidan bilan talabalar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi.

Tashkil etilgan musobaqa qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi va g‘olib ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

2022-yilning 9-noyabr kuni Tokiodagi Imperator saroyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovga “Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni"ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. An’anaga ko‘ra, ordenni Yaponiya imperatori Naruxito Bosh vazir Fumio Kishido ishtirokida topshirdi.
 
Aziz Abduhakimovning “Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni" bilan taqdirlanishi Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi e’tirof etilganini tasdiqlaydi.


 
Bu orden 1875-yildan beri berib kelinayotgan bo’lib, Yaponiyadagi eng qadimgi va "Chiqayotgan Quyosh Ordeni"ning eng yuqori darajasi (6-daraja) hisoblanadi.

Joriy yilning 1-mart kuni Markaziy Osiyo xalqaro ilmiy-tadqiqotlar instituti direktori Evren Rutbil universitetimizga tashrif buyurdi. Mehmonni universitet Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov kutib oldi va bugungi kunda ushbu institut tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Xususan, Markaziy Osiyo xalqaro ilmiy-tadqiqotlar instituti direktori Evren Rutbil ham “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Turkiya oliygohlari bilan amalga oshirayotgan keng ko‘lamdagi hamkorligi va uning natijalariga to‘xtalib o‘tdi. Mehmon universitetimiz kutubxonasiga qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lgan kitoblarni tuhfa qildi.

1 dan 149 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar