Joriy yilning 22-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan “Turizm va ijodiy iqtisodiyotga e'tibor qarating” mavzuida xalqaro kongress o‘tkazildi. Anjumanda Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov onlayn ishtirok etib, bugungi kunda sohani rivojlantirishda amalga oshirilishi lozim bo‘ladigan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi va kongress ishiga omad tiladi.
Ma’lumki, keyingi yillarda Prezidentimizning sohani rivojlantirish maqsadida qabul qilgan qator farmon va qarorlari natijasida soha yanada yuksalib, xorijlik turistlarning yurtimizga bo‘lgan qiziqishi oshib bormoqda. Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov so‘z olib, bugungi kunda qator rivojlangan davlatlar fuqarolarining Samarqandga kelishi bir munchaga oshganligi, buning natijasida transport, mehmonxona, gastronomik kabi xizmat ko‘rsatish sohalarida iqtisodiy yuksalish yuz berayotganligini gapirdi. Xalqaro kongressda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor, o‘qituvchilari ham o‘zlarining bir biridan qiziqarli bo‘lgan ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Samarqand shahrida joylashgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kunduzgi ta’lim shakliga ro‘yxatdan o‘tish istagida bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga!
Universitetning kunduzgi ta’lim shakliga ro‘yxatdan o‘tishda Sizdan ingliz tili bo‘yicha milliy yoki xalqaro til bilish sertifikati talab qilinadi.
Eslatma: Abituriyentlar ushbu my.uzbmb.uz sayt orqali ro‘yxatdan o‘tishda ingliz tili bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatini yuklashi shart, aks holda abiturient ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Qozog‘iston respublikasi hukumati Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar shu jumladan O‘zbekiston fuqarolariga Qozog‘iston oliy ta’lim muasassalarida o‘qish uchun yiliga 100 ta ta’lim granti ajratganligini ma’lum qiladi. Shu munosabat bilan Qozog‘iston oliy ta’lim muasassalarida o‘qish istagida bo‘lgan abiturentlar taklif qilinadi. Batafsil ma’lumotni Qozog‘iston fan va oliy ta’lim vazirligi huzuridagi oliy ta’limni rivojlantirish milliy markazining rasmiy saytidan olish mumkin.
https://enic-kazakhstan.edu.kz/ru/en/stipendialnye-programmy/operativnaya-informaciya
Talabgor bo‘lgan abiturentlar o‘z hujjatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yuqorida ko‘rsatilgan internet manzil orqali topshirishlari mumkin. Muddat 2023-yil 30-iyun.
Joriy yilning 20-24-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi hamda “Mehmondo‘stlik va servis maktabi” nodavlat ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda turizm, mehmonxona, umumiy ovqatlanish va madaniy meros sohalarida faoliyat yuritayotgan professional ta’lim muassasalari o‘qituvchi-pedagoglari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari Toshkent shahrida o‘z ishini boshladi.
Mazkur malaka oshirish kurslarida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi kollej va texnikumlarning maxsus fan o‘qituvchilari ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishmoqda.
Joriy yilning 20-iyun kuni respublika Yoshlar Ittifoqi raisi Temurbek Poyonov “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti zalida Samarqanddagi oliy ta’lim muasassalari yoshlar yetakchilari, koordinatorlari va faol yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvni universitet bo‘lim boshlig‘i Nargiza Abduvohidova olib bordi. Tadbirda so‘z olgan respublika Yoshlar Ittifoqi raisi Temurbek Poyonov keyingi yillarda Prezidentiimz tashabbusi bilan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik xususida gapirdi. Bundan tashqari mutasaddi Samarqanddagi oliy ta’lim muasassalarida bir necha kunlik o‘tkazilgan o‘rganishlarini tahlil qilib, ayrim oliygoh yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berish bilan birga, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan yetakchilarga ham o‘z e’tirozlarini bildirdi. Tadbirda O‘zbekiston-Finlandiya instituti va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti koordinatorlari tomonidan qator taklif va tashabbuslar o‘rtaga tashlandi. Respublika Yoshlar Ittifoqi raisi Temurbek Poyonov bugungi kunda tizimni yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘ladigan kreativ takliflar uchun zarur mablag‘ ham to‘lab berilishini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek uchrashuv so‘ngida yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi.
Shu kunlarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 300 nafar bitiruvchilari bakalavrlik diplom ishini himoya qilishayapti. Diplom himoyasi jarayonlarida oliygohdagi kafedralardan professor, o‘qituvchilar ishtirok etib, talabalarning bilim darajasini sinovdan o‘tkazayapti. Ahamiyatlisi, himoya jarayonlari talabalar tomonidan to‘liq ingliz tilida amalga oshirilayapti. Turizm menejmenti fakultetining “Ommaviy tadbirlarni boshqarish” yo‘nalishi bitiruvchisi Bahora Quvondiqovaning diplom ishi “O‘zbekistonda ziyorat turizmi va uning ahamiyati” mavzuida bo‘lib, unda mamlakatimiz dunyoda eng xavfsiz davlatlardan biri ekanligi va bu jarayonda xorijlik turistlarni ko‘proq jalb qilish masalasi ko‘tarildi. Bahora ushbu diplom ishini magistratura bosqichida ham davom ettirishni maqsad qilgan. Bitiruvchilarning diplom ishini himoya qilish jarayonlari davom etmoqda.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti yopiq suv havzasida suzish bo‘yicha talaba yoshlar o‘rtasida spоrt musobaqasi o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlandi.
Talabamiz Sultonov Shoxrux 2023 yil 17-21 iyul kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan YeXHT tomonidan tashkil etiladigan “Qonun ustuvorligi, yaxlitlik va jinoyatchilikning oldini olish uchun yoshlar” Markaziy Osiyo yoshlar muloqoti forumi ishtirokchisi sifatida tanlandi. Talabamiz to‘liq moliyalashtirilgan grand qo‘lga kiritdi.
Talabamizga bundan katta yutuqlarni tilab qolamiz!
Gazetaning 2023-yil 15-iyun sonidagi Oliy talim muassassalari rukni ostida berilgan “Turizm ta’limi sohasida yetakchi universitet” sarlavhali maqolada oliygohda o‘qitish sifatini yaxshilash, talabalarning ingliz tilida ta’lim olishi haqida so‘z yuritilishi bilan birgalikda, yaqinda “Tukiy Davlatlar Tashkilotining Turk Dunyosi Ittifoqining” maxsus yig‘ilishi bo‘lib o‘tganligi va oliygohning birinchi prorektori, professor J.Eltazarovning Chingiz Aytmatov medali bilan taqdirlanganligi xususidagi yangiliklar ham gazetxonlarga bayon qilingan.
Joriy yilning 15-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva tashabbusi bilan “Biz har xilmiz, lekin birgamiz!” nomli motivatsion trening tashkil etildi.
Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan bayramona tadbir o‘quv yili davomida toliqqan talabalar uchun ayni muddao bo‘ldi. Unda universitet o‘qituvchilari va xodimlari ham qatnashib, pozitiv emotsiyalarni o‘zlariga yuklab olishdi. Jamoaviy ruh, birdamlik hislatlarini shakllantirishga yordam beruvchi timbilding o‘yinlari, turli konkurslar, dillarni yayratuvchi raqs va musiqa barcha ishtirokchilarda olam-olam taassurot qoldirdi.
Sharqona odob ziynatlaridan biri sanalmish bir piyola choy ustida qilingan do‘stona suhbatlar jamoada ijobiy muhitning shakllanishiga, xodimlarning jipslashuviga olib kelishi, shubhasiz.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz