Shu kunlarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 300 nafar bitiruvchilari bakalavrlik diplom ishini himoya qilishayapti. Diplom himoyasi jarayonlarida oliygohdagi kafedralardan professor, o‘qituvchilar ishtirok etib, talabalarning bilim darajasini sinovdan o‘tkazayapti. Ahamiyatlisi, himoya jarayonlari talabalar tomonidan to‘liq ingliz tilida amalga oshirilayapti. Turizm menejmenti fakultetining “Ommaviy tadbirlarni boshqarish” yo‘nalishi bitiruvchisi Bahora Quvondiqovaning diplom ishi “O‘zbekistonda ziyorat turizmi va uning ahamiyati” mavzuida bo‘lib, unda mamlakatimiz dunyoda eng xavfsiz davlatlardan biri ekanligi va bu jarayonda xorijlik turistlarni ko‘proq jalb qilish masalasi ko‘tarildi. Bahora ushbu diplom ishini magistratura bosqichida ham davom ettirishni maqsad qilgan. Bitiruvchilarning diplom ishini himoya qilish jarayonlari davom etmoqda.