Joriy yilning 20-iyun kuni respublika Yoshlar Ittifoqi raisi Temurbek Poyonov “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti zalida Samarqanddagi oliy ta’lim muasassalari yoshlar yetakchilari, koordinatorlari va faol yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvni universitet bo‘lim boshlig‘i Nargiza Abduvohidova olib bordi. Tadbirda so‘z olgan respublika Yoshlar Ittifoqi raisi Temurbek Poyonov keyingi yillarda Prezidentiimz tashabbusi bilan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik xususida gapirdi. Bundan tashqari mutasaddi Samarqanddagi oliy ta’lim muasassalarida bir necha kunlik o‘tkazilgan o‘rganishlarini tahlil qilib, ayrim oliygoh yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berish bilan birga, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan yetakchilarga ham o‘z e’tirozlarini bildirdi. Tadbirda O‘zbekiston-Finlandiya instituti va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti koordinatorlari tomonidan qator taklif va tashabbuslar o‘rtaga tashlandi. Respublika Yoshlar Ittifoqi raisi Temurbek Poyonov bugungi kunda tizimni yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘ladigan kreativ takliflar uchun zarur mablag‘ ham to‘lab berilishini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek uchrashuv so‘ngida yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi.