Administrator

Administrator

Dushanba, 04 Sentyabr 2023 17:51

E’LON

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalarga ta’lim jarayoni joriy o‘quv yili uchun tasdiqlangan dars jadvallari asosida 18-sentabrdan boshlanadi.

“Orientation week” faqat birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun tatbiq etiladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZM QO‘MITASI

“IPAK YO‘LI” TURIZM VA MADANIY MEROS XALQARO UNIVERSITETI

AXBOROT XATI

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2023-yil 20-oktabr sanasida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining yubiley 25-sessiyasi doirasida universitetda ShHT mamlakatlari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan “ShHT mamlakatlarida barqaror turizm va madaniy meros sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etadi.

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA MAQSADI VA VAZIFALARI:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 7-iyuldagi          02-1137xdfu-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda ShHT mamlakatlari tarixi, arxeologiyasi, madaniy merosi, sayyohlik imkoniyatlari, ShHT mamlakatlari xalqlarining zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarini amalga oshirish, ShHT mamlakatlari doirasida turizm va madaniy meros sohasini transformatsiyalash, respublikamiz va mamlakatimizda olib borilayotgan tadqiqotlar bilan fikr almashishga bag‘ishlangan konferensiya yosh olimlar, magistrantlar, doktorantlar va mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot ishlari sifati va samaradorligini oshirish, konferensiya doirasida olimlar va yosh tadqiqotchilar tajribasini o‘rganish, muhokama qilish va tavsiyalar berish hamda bugungi kunda turizm sohasidagi mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan xulosa va takliflar tayyorlash va amalga oshirish.

Konferensiya o‘tkazilishidan maqsad jahon yutuqlari, akademik bilim va tajriba almashishdir. Anjumanda turizm sohasidagi yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar, tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ilmiy-amaliy anjuman tashkilotchilari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi.
  • “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Konferensiyada quyadagi maslalar muhokama etiladi va ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha maqola va tezislar qabul qilinadi:

  • ShHT mamlakatlari doirasida turizm va madaniy meros sohasini transformatsiyalash
  • “Bir makon, bir yo‘l” konsepsiyasi: turizm, madaniy meros va madaniyatlararo muloqotda (kommunikatsiya) zamonaviy yondashuvlar
  • Ziyorat turizmini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari: yangi tushunchalar, imkoniyatlar va rivojlanish vositalari
  • Madaniy meros, ijodkorlik va raqamlashtirish orqali turizm sohasini yangi bosqichga ko‘tarish yo‘llari

Konferensiyaning rasmiy tillari: oʻzbek, ingliz, rus.

Konferensiya formati: gibrid (oflayn va onlayn tadbir platformasi).

  • Konferensiyada quyidagi yo‘llar bilan ishtirok etishingiz mumkin:
  • - materiallarni nashr etish;
  • - ma’ruzalarda qatnashish/materiallarni nashr etish;
  • - delegat sifatida ishtirok etish (shaxsan va onlayn).
  • Anjumanda professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, tadqiqotchilar, aspirantlar, talabalar, tadbirkorlik subyektlari va soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.

AXBOROT XATIGA ILOVA

Maqola va tezislarni taqdim etish qoidalari

Talablarga muvofiq bajarilgan ishlar, shuningdek, to‘ldirilgan anketa (1-ilova) konferensiya tashkiliy qo‘mitasining elektron pochtasiga yuborilishi shart.

Ilova va tezislar Word formatida yuborilishi kerak - birinchi muallifning ismi ko‘rsatilgan fayllar, masalan: “Azizov.tezis.doc”. Maktubning mavzusi: “Konferensiya”.

Barcha ishlar antiplagiat tekshiruvidan o‘tkaziladi. Formatlash talablariga javob bermaydigan materiallar tahririyat tomonidan rad etiladi.

Arizalar 2023-yil 1-oktabrga qadar quyidagi elektron pochta orqali qabul qilinadi:

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Telegram raqami: +998 91 033 80 81

Konferensiya tili: oʻzbek, ingliz va rus.

 

namuna

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchisidan

ARIZA

“ShHT mamlakatlarida barqaror turizm va madaniy meros sohasini rivojlantirish istiqbollari”

(Samarqand, 2023-yil 20-oktabr)

Familiya, ism, otasining ismi (toliq)

Lavozim

Institutning nomi

Institutning manzili

Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni

Elektron pochta manzili:

Ishtirok etish shakli:

Materiallarni nashr etish

Materiallarni taqdim etish/nashr etish

Delegat sifatida qatnashish  (shaxsan yoki onlayn)

 

Tezis matnlarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:

- tezislar matnlari Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda, 1,5 intervalda, 5-10 bet hajmda yozilishi va tahrir qilinishi;

- avtoreferat mavzusi tepasida muallifning ismi-sharifi, unvoni, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi, telefon raqami va elektron pochta manzili to‘liq ko‘rsatilishi kerak;

- mavzudan keyin konspekt, uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz) kalit so‘zlar va to‘liq mazmuni yoziladi;

- avtoreferat oxirida alohida ilmiy, nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berilishi kerak;

- matnni joylashtirishda sahifa chegaralari o‘rnatiladi: tepadan 2,5 sm, pastdan 2,5 sm, o‘ngdan 2,5 sm, chapdan 2,5 sm;

- tezislar matni 1 nusxada qog‘ozda va elektron shaklda “Microsoft Word 2003, 2007” formatida taqdim etiladi;

- referat matni mavzuga oid nazariy masalalarni amaliy yechimlari bilan bir qatorda qamrab olishi kerak.

Muallif to‘lovi: Konferensiyani tashkil etish va to‘plamni nashr etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun har bir maqola sahifasi uchun 20 000 so‘m.

Muddat: Maqolalar 2023-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi va chop etiladi.

TEZIS MAVZUSI

Muallifning ismi (to‘liq)

Ish joyi

Ilmiy daraja va lavozimi

Telefon raqami va elektron pochtasi

 Kirish. Matn, matn, matn.

Maqsad. Matn, matn, matn.

Materiallar va usullar. Matn, matn, matn.

Natijalar. Matn, matn, matn.

Xulosa. Matn, matn, matn.

Foydalanilgan adabiyotlar royxati

Tashkiliy qo‘mita manzili:

O‘zbekiston Respublikasi, 140104, Samarqand, Universitet xiyoboni, 17

Mas’ul shaxslar:

Eltazarov Jo‘liboy Danaboyevich – “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori;

Mansurova Nargiza Shamsidinovna – universitet Ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i;

Samariddinov Sardor O‘ktam o‘g‘li – universitet Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i;

Sidikova Mastura Xakberdievna - Tarix va madaniy meros kafedrasi mudiri;

Odilov Akmaljon Odilovich – Turizm menejmenti kafedrasi mudiri.

Murojat uchun tel: +998 66 240 67 85; +998 91 033 80 81;

Sizlarni anjumanda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz!

Tashkiliy qo‘mita.

 

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

      Joriy yilning 11-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov boshchiligidagi universitet xodimlari ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash,  to‘g‘ri yo‘lga qaytargan holda kasb-hunarga o‘rgatish borasidagi ishlarni yanada jonlantirish maqsadida Samarqand shahridagi “Sharq” mahallasi mutasaddilari bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida kelgusida ushbu mahallada yashovchi yoshlarning  muammolarini hal qilish, qiziqishlaridan kelib chiqib imkoniyatlar yaratish borasida o‘zaro fikr almashishdi.  

Joriy yilning 7-12 avgust kunlari “Xalqaro yozgi maktab” doirasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Rossiya kabi mamlakatlardan kelgan 50 nafardan  ortiq talabalardan iborat jamoalar o‘rtasida sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu sport tadbirlari doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti sport zalida badminton, stol tennisi va shaxmat kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlab, Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) yo‘nalishi bo‘yicha universitetning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirish uchun ariza topshirgan abituriyentlar uchun joriy yilning 18-avgust kuni soat 11:00 da yakka tartibdagi suhbat bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

2023-yil 18-avgust kuni soat 10:30 ga qadar pasportingiz (ID karta) bilan hududga kirishingiz zarur. Shaxsi tasdiqlanmagan va kechikib kelgan talabgorlar suhbatga qo‘yilmaydi.

Suhbatga kelmagan talabgorlarga shu o‘quv yili uchun qayta suhbat o‘tkazilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichidan o‘qishga qabul qilinmaydi.

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Universitetga suhbat asosida 2-bosqichdan qabul qilish bo‘yicha BAHOLASH ME’ZONI

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Xitoy davlatining Kaynan universiteti o‘rtasida imzolangan memorandumning talabalar almashinuv dasturi doirasida oliygohimizning 3-bosqich talabalari Marjona Obidova va Dilshodaxon Alekperova 2023-2024 o‘quv yilining
birinchi semestrini Kaynan oliygohida o‘qiydi.
          “Ushbu imkoniyat menga til o‘rganish va muloqot qilish qobiliyatimni yanada yaxshilash bilan birga, o‘zga yurt madaniyatini o‘rganishda juda qo‘l keladi”,- deydi universitetimiz talabasi Marjona Obidova.

“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xodimlari ishtirok etayotgan amaliy seminarning ikkinchi kunida Xitoy Xalq Respublikasida telekomunikatsiya bo’yicha yetakchi kompaniyalardan biri China Unicomning Pekin shahrida joylashgan bosh ofisiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mazkur kompaniyaning innovatsion markazida (China Unicom Innovative Center) kompaniyaning kelib chiqish tarixi, bugungi kunda taklif qilinayotgan xizmat turlari va mahsulotlar hamda 2022-yilda Pekin shahrida bo’lib o’tgan qishki olimpiada tashkil qilinishidagi faol ishtiroki haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Xitoyda turizm sanoatini rivojlanishida kompaniyaning faoliyati haqida ham atroflicha to’xtalib o’tildi. Berilgan ma’lumotlar seminar qatnashchilarida katta qiziqish uyg’otib, ularni O’zbekiston turizm sohalarida joriy qilish bo’yicha muzokaralar olib borildi.

Joriy yilning 3-avgust kuni Ipak yo'li madaniyati va turizmini rivojlantirish va Markaziy Osiyo mamlakatlarida madaniyat va turizm tadqiqotlari imkoniyatlarini oshirish bo'yicha o‘tkazilayotgan amaliy seminar o’z ishini boshladi. Mazkur seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari bilan birga, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligi huzuridagi Turim qo’mitasi va uning Samarqand viloyati hududiy bo’linmasi vakillaridan iborat O’zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etishdi.

Xalqaro ilmiy seminarning ochilishida Pekin xalqaro ta’lim universiteti vitse-prezidenti Prof.Zheng Chenjin, mazkur universitetning CPC qo'mitasi kotibi Changyuning, XXR madaniyat va turizm vazirligining xalqaro hamkorlik va almashinuv byurosi vakili Cui Yinglan, Turizm qo’mitasining masul xodimi Jahongir Matkarimov hamda O’zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Bosh konsuli Bobur Yaxyoyev va boshqalar ma’ruzalar qilishdi.

Shuningdek bugun kunning ikkinchi yarmida universitetimiz professor-o‘qituvchilari ishtirok etgan seminarda Xitoy sayyohlik va turizm matbuotining vitse-prezidenti Zhang Runsheng hamda “Turizm ta’limi” matbuoti qo’mitasining bosh menejeri Yang Xinlar tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasiga bir qancha turizm sanoatiga oid kitoblar tuhfa qilindi.

Xalqaro ilmiy seminar qatnashchilari Xitoy-Shanghai hamkorlik tashkilotining iqtisodiyot va savdo institutiga tashrif buyurdi va oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bugun 1-avgustdan 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bir guruh o‘qituvchi, xodimlari “Abituriyentlarning ota-onalarining ijtimoiy kayfiyati”ni o‘rganish maqsadida Samarqand shahridagi test sinovlari bo‘lib o‘tayotgan hududlarda sotsiologik  so‘rovnomalar o‘tkazishdi.

“Mening qizim Mehruza Holiqulova ham bugungi test sinovlarida ishtirok etmoqda. Test jarayonining tashkil etilishi, biz ota-onalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar tahsinga loyiq”, – deydi Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidan kelgan Orifjon Qurbonov.

Xitoy Xalq Respublikasi Pekin xalqaro ta’lim universitetining O‘zbekiston tomoniga 2023-yil 15-iyunda yo‘llagan murojaatiga muvofiq, Ipak yo‘li mamlakatlari bilan madaniy meros turizmi sohasida hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va o‘zaro tajriba almashish tizimini joriy etish maqsadida joriy yilning 2-15-avgust kunlari Xitoyning Pekin, Shanhay va Sian shaharlari bo‘ylab 30 nafar ishtirokchidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ikki haftalik “Advanced Seminar on Silk Road Culture and Tourism Development” nomli ilmiy seminar o‘tkazlishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu anjumanda  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining professor-o‘qituvchilaridan iborat guruh Xitoy davlatiga jo‘nab ketadi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 31-iyul kuni Xitoyga boradigan professor, o‘qituvchilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda so‘z olgan universitet Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov anjumandan ko‘zlangan maqsad va vazifalarga to‘xtalib o‘tish bilan birga, har bir professor-o‘qituvchi seminarda faol bo‘lishi va o‘ziga zarur bo‘ladigan bilim va tajribalarni  yanada chuquroq o‘rganishi lozimligi xususida gapirdi. Shuningdek tadbirda bo‘lim boshliqlari, kafedrа mudirlari tomonidan tashkiliy masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.  

3 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar