Joriy yilning 7-12 avgust kunlari “Xalqaro yozgi maktab” doirasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Rossiya kabi mamlakatlardan kelgan 50 nafardan ortiq talabalardan iborat jamoalar o‘rtasida sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu sport tadbirlari doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti sport zalida badminton, stol tennisi va shaxmat kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.