×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 27 Iyul 2023 20:16

Mahalla yoshlari holidan xabar olindi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning puxta bilim olishi, kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish, muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng-ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

2023-yil 27-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov boshchiligidagi universitet xodimlari ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tarbiyalash,  kasbga o‘rgatish va yo‘naltirish, o‘qitish va ish bilan ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi “Imom Vose” va “Kaftarxona“ mahallalari yoshlari bilan uchrashdi.

Jumladan, universitet hay’ati Samarqand shahridagi “Imom Vose” mahallasida yashovchi Bagirov Murod, Salomov Istam va Bo‘rieva Sabinalar xonadonida bo‘lib, ularning turmush sharoiti, muammolari, qiziqishlari, takliflari hamda kelgusi rejalari bilan yaqindan tanishdi.

Bagirov Murod hozirda davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘zining yashab turgan xonadonida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yganligi hamda kelgusida tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish bo‘yicha rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi. Ayni paytda, hech qanday moddiy yordamga muhtoj emasligi, aksincha Yurtboshimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan alohida e’tibordan bag‘oyat mamnun ekanligini alohida ta’kidladi.

“Imom Vose” mahallasi yashovchi yoshlar Salomov Istam va Bo‘rieva Sabinalar xonadonida bo‘lib, ularning ham holidan xabar olindi.

Shundan so‘ng, Samarqand shahridagi “Kaftarxona“ mahallasida bo‘lib, Odilov Ilhom va Sharipov Alisherlar bilan muloqotda bo‘lib, ularning muammolari, taklif va tashabbuslari o‘rganildi. Joriy yilda umumta’lim maktabini bitirib, katta hayotga qadam qo‘ygan Sharipov Alisher bilan suhbat chog‘ida u sartaroshga shogird tushganligini va kelgusida ushbu kasb egasi bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib olganligini aytdi.

Uchrashuv so‘nggida barcha yoshlarga kitoblar to‘plami tuhfa qilindi.

O'qilgan 1080 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1792{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar