Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning puxta bilim olishi, kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish, muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng-ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.
2023-yil 27-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov boshchiligidagi universitet xodimlari ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tarbiyalash, kasbga o‘rgatish va yo‘naltirish, o‘qitish va ish bilan ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi “Imom Vose” va “Kaftarxona“ mahallalari yoshlari bilan uchrashdi.
Jumladan, universitet hay’ati Samarqand shahridagi “Imom Vose” mahallasida yashovchi Bagirov Murod, Salomov Istam va Bo‘rieva Sabinalar xonadonida bo‘lib, ularning turmush sharoiti, muammolari, qiziqishlari, takliflari hamda kelgusi rejalari bilan yaqindan tanishdi.
Bagirov Murod hozirda davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘zining yashab turgan xonadonida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yganligi hamda kelgusida tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish bo‘yicha rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi. Ayni paytda, hech qanday moddiy yordamga muhtoj emasligi, aksincha Yurtboshimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan alohida e’tibordan bag‘oyat mamnun ekanligini alohida ta’kidladi.
“Imom Vose” mahallasi yashovchi yoshlar Salomov Istam va Bo‘rieva Sabinalar xonadonida bo‘lib, ularning ham holidan xabar olindi.
Shundan so‘ng, Samarqand shahridagi “Kaftarxona“ mahallasida bo‘lib, Odilov Ilhom va Sharipov Alisherlar bilan muloqotda bo‘lib, ularning muammolari, taklif va tashabbuslari o‘rganildi. Joriy yilda umumta’lim maktabini bitirib, katta hayotga qadam qo‘ygan Sharipov Alisher bilan suhbat chog‘ida u sartaroshga shogird tushganligini va kelgusida ushbu kasb egasi bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib olganligini aytdi.
Uchrashuv so‘nggida barcha yoshlarga kitoblar to‘plami tuhfa qilindi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
2023-2024-o‘quv yilida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali va ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif qiladi:
1. Menejment (1 shtat birligi)
2 .Logistika (1 shtat birligi)
3. Turizm (1 shtat birligi)
4. Iqtisodiyot (1 shtat birligi)
5. Marketing (1 shtat birligi)
6. Matematika (1 shtat birligi)
7. Statistika (1 shtat birligi)
8. Buxgalteriya (1 shtat birligi)
9. Moliyaviy menejment (1 shtat birligi)
10. Tadbirkorlik va biznes yo’nalishi (1 shtat birligi)
11. Mehmonxona va mehmondo’stlik yo’nalishi (1 shtat birligi)
12. Ommaviy tadbirlar tashkil qilish (1 shtat birligi)
13. Qishloq xo’jaligi turizmi (1 shtat birligi)
14. Axborot kommunikatsion texnologiyalar (1 shtat birligi)
15. Turizm huquqi (2 shtat birligi)
16. Turk tili (1 shtat birligi)
17. San’at tarixi (0,25 shtat birligi)
18. Muzeyshunoslik (0,5 shtat birligi)
19. Arxeologiya (1 shtat birligi)
20. Kulolchilik texnikasi (0,25 shtat birligi)
21. Ispan tili (2 shtat birligi)
O‘qituvchi lavozimi uchun malaka talablari:
Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilish. Ingliz tilidan IELTS 6,5 darajasidagi yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi B2 darajasidagi sertifikatga ega bo‘lish.
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olish
hamda Internet tarmog‘ida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
O‘qituvchi lavozimining faoliyat yo‘nalishi va vazifalari:
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti nomzodlarga quyidagilarni ta’minlaydi:
Ish tartibi: dushanbadan juma kuniga qadar.
Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha.
Dam olish kuni: shanba, yakshanba.
Hujjatlarni topshirish muddati: 2023- yil 16-avgust (shu kuni ham soat 18:00 ga qadar).
Nomzodlardan Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga va +99893 523-22-95 telegram raqamiga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi so‘raladi:
Ma’lumot uchun telefonlar:
+998 66 240-67-73
+998 66 240-67-68
Joriy yilning 20- iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Yaponiya madaniy jo‘natmalarni targ‘ib qilish qo‘mitasi rahbari Haruko Tachibana tashrif buyurdi. Mehmonni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov kutib oldi. Dastlab mehmon universitet kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi va o‘tgan yili Yaponiyaning “TOSHIBA FOUNDATION” xalqaro jamg‘armasi tomonidan universitetimiz kutubxonasiga berilgan 144 dona turli adabiyotlar, qo‘llanmalarni ko‘zdan kechirdi.
Ahamiyatlisi, ushbu adabiyotlarga talabalarimiz tomonidan juda katta qiziqish va talab bo‘lganligini ko‘rish mumkin. O‘zaro muloqot chog‘ida Yaponiyaning “TOSHIBA FOUNDATION” xalqaro jamg‘armasi tomonidan bu yil ham yana 200 dona turli adabiyotlar universitetimiz kutubxonasiga taqdim qilinishi xususida aytildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik samaralari xususida o‘zaro fikr almashildi.
Joriy yilning 18-iyul kuni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov universitet kafedra mudirlari A.Odilov, M.Siddiqova, T.Sultonov, o‘quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i M.Yorqulov, dekan R.Toshniyozova, ofis registrator bo‘limi boshlig‘i F.Nurov, ta’lim sifatini taminlash va akkreditatsiya bo‘limi boshlig‘i A.To‘xtamishev hamda xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i A.Xolboyev ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi.
Ushbu majlisda 2023-2024-o‘quv yiliga mukammal tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari xorijdan va mamlakatimizdan turizm sohasida tanilgan olim va mutaxassislarlarni ishga jalb qilish, buning uchun tegishli darslar hajmini aniqlash hamda matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda ish e’lonlarini berish, talabgorlar bilan ish intervyularini ochiq, shaffof o‘tkazishga e’tibor qaratildi. Yig‘ilishda universitet hayotining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Joriy yilning 6-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi “Ipak yo‘li” san’at galeriyasida shvetsariyalik Ella Mayer tomonidan yurtimizning 1930-yillarida olingan fotosur’atlarining namoyishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Shvetsariya Federal Tashqi ishlar departamenti boshlig‘i va viloyat hokimi o‘rinbosari va boshqa mutasaddilar so‘z olib, bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalar kabi madaniy sohada qator amaliy ishlarga qo‘l urilib kelinayotganligi va Ella Mayer ijodining ahamiyati xususida gapirishdi. Shundan so‘ng barcha ishtirokchilar Ella Mayer ijodidan bahramand bo‘lishdi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish lozimki, Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” san’at galeriyasida o‘tkazilayotgan shvesariyalik Ella Mayerning fotosur’atlari namoyishi joriy yilning 8-oktabriga qadar davom etadi.
Viloyat Matbuot uyida o‘tkazilgan matbuot anjumanini viloyat “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri o‘rinbosari G‘olib Hasanov olib bordi. Anjumanda universitetning qabul masalalari bo‘yicha mutasaddilari hamda respublika, viloyat matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Ta’kidlandiki, joriy qabul yilida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga 2023-2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-iyundagi F-31-sonli Farmoyishi, shuningdek Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul kvotasi bo‘yicha “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining qabul parametrlari asosida 6 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga abituriyentlarni qabul qilmoqda.
Ushbu xalqaro oliy ta’lim muasassasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kunduzgi ta’lim shakliga ingliz tilini bilish bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abiturentlar hujjat topshirish imkoniyatiga ega. Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarildi.
Joriy yilning 4 iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” fakulteti “Tillar” kafedrasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borayotgan mustaqil izlanuvchi Ablakulova Iroda Kamolidinovnaning tugallangan tadqiqot ishi muhokama etildi.
Muhokamada Ablakulova Iroda Kamolidinovnaning “XX asr o‘zbek romanlarining inglizcha tarjimalarida milliylikning ifodalanishi” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya va avtoreferati professor-o‘qituvchilar tomonidan tahlil qilindi.
Yig‘ilish ishtirokchilarining qaroriga ko‘ra, I.K.Ablakulovaning dissertatsiya va avtoreferati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiyasi Komissiyasining so‘nggi talablari asosida yozilgan ilmiy tadqiqot ishi sifatida baholandi va Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarga tavsiya etildi.
Hurmatli universitetimiz professor-o‘qituvchilari, xodimlari, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalari!
Joriy yilning 4-iyul kuni Samarqand Turizm markazining “Ayvon” majmuasida soat 17:00 da bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tashkil topganligining 5-yilligi hamda joriy o‘quv yilida oliygohni bitirayotgan talabalar uchun bitiruv kechasi o‘tkaziladi.
Shu munosobat bilan universitetimiz professor-o‘qituvchilari, xodimlari, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalarini ushbu tadbirga lutfan taklif qilamiz!
Hurmat bilan,
universitet ma’muriyati!
2023-yil 6-iyul kuni Samarqand shahridagi San’at galereyasida (Art Station) “Ichki ufq: Ella Mayar suratlarida 1930-yillardagi O‘zbekiston” ko‘rgazmasining ochilish marosimi tashkil qilinib, unda shveysariyalik sayohatchi, sportchi, fotograf va yozuvchi Ella Mayarning Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston, Xitoy, Turkiyaga qilgan sayohati davоmida olgan fotosur’atlari namoyish qilinadi.
Ayni paytda Ella Mayarning bir biridan qiziqarli bo‘lgan fotosuratlarga ega arxivi Shvesariyaning Lozannada shahridagi Elisey fotografiya muzeyida saqlanadi. Samarqanddagi “Ichki ufq” ko‘rgazmasida Elisey fotografiya muzeyi tomonidan taqdim etilgan raqamli dublikat fotosuratlar namoyish etiladi.
Tashkilotchilar: Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Lozannadagi Elisey fotografiya muzeyi (Photo Elysée: Musée cantonal pour la photographie), “Ella Mayar do‘stlari uyushmasi” va xonim Annelisa Xollmann. Kurator Dona Kulmatova.
2023-yil 6-iyul kuni soat 18:00 da ochiladi, kirish bepul.
Ko‘rgazma 2023-yil 8-oktabrgacha davom etadi.
Manzil: “Art Station by Silk Road University” – Samarqand shahar, Beruniy ko‘chasi 1 uy. Mo‘ljal; Samarqand Temiryo‘l vokzali
2023-yil 21-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Samarkand turizm va madaniy meros texnikumi bilan Qozog‘iston respublikasining Olmota servis xizmat ko‘rsatish kolleji “Oshpazlik ishi” va “Qandolatchilik ishi” yo‘nalish o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “O‘rta Osiyo professional ta’lim pedagoglari” nomli xalqaro pedagogik mahorat tanlovi o‘tkazildi. Samarqand turizm va madaniy meros texnikumida onlayn formatda o‘tkazilgan tanlovda jami 4 nafar o‘qituvchi va 2 nafar ishlab chiqarish ta’limi ustasi ishtirok etdi. Xalqaro tanlov natijalariga ko‘ra “Qandolatchilik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha texnikum o‘qituvchisi M.G‘afarova
1-darajali, “Oshpazlik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha D.Qurbanova 3-darajali diplom bilan taqdirlandi.
Tanlovda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi S.Qurbanova hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz