Joriy yilning 20- iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Yaponiya madaniy jo‘natmalarni targ‘ib qilish qo‘mitasi rahbari Haruko Tachibana tashrif buyurdi. Mehmonni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov kutib oldi. Dastlab mehmon universitet kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi va o‘tgan yili Yaponiyaning “TOSHIBA FOUNDATION” xalqaro jamg‘armasi tomonidan universitetimiz kutubxonasiga berilgan 144 dona turli adabiyotlar, qo‘llanmalarni ko‘zdan kechirdi.
Ahamiyatlisi, ushbu adabiyotlarga talabalarimiz tomonidan juda katta qiziqish va talab bo‘lganligini ko‘rish mumkin. O‘zaro muloqot chog‘ida Yaponiyaning “TOSHIBA FOUNDATION” xalqaro jamg‘armasi tomonidan bu yil ham yana 200 dona turli adabiyotlar universitetimiz kutubxonasiga taqdim qilinishi xususida aytildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik samaralari xususida o‘zaro fikr almashildi.