Administrator

Administrator

2023-yil 2-iyun Samarqand turizm va madaniy meros texnikumiga “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i J.Xolboyev, “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchilari B.Obloqulov, Z.Maxmudova, “Tarix va madaniy meros” kafedrasi o‘qituvchisi S.Zoxidov va universitet tayanch doktoranti Sh.Toyirova tashrif buyurishdi. Tashrif davomida universitet professor-o‘qituvchilari bilan texnikum o‘qituvchilari birgalikda ta’lim metodikasi hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Fullbright” dasturi bo‘yicha amerikalik assistent Shanel Nasir boshchiligida Samarqand ayollar lakros jamoasi tashkil etilganligini hamma biladi. Ta’kidlash joizki, bu birinchi marta O‘zbekiston universitetlaridan, lakros bo‘yicha darslar bizning universitetimizda tashkil etilgan.

27-may kuni Shanel Nasir bilan birgalikda universitet Sport klubi Tayloq tumanida joylashgan “Madaniyat” o‘yin maydonchasida universitetimiz jamoasi va O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan amerikalik professor-o‘qituvchilar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Universitetimiz sportchi ayollari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Musobaqadan so‘ng barcha ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlandilar va ziyofat uyushtirildi. Sportchilarimizga kelajakda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida Pekin xalqaro tadqiqot universiteti vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Ushbu muhim qadam ikki nufuzli ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik almashinuv va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishda yangi bosqichdir.

Tashrif davomida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalardan iborat Pekin delegatsiyasi “Ipak yo‘li” universiteti ma’muriyati tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvning muhim maqsadi turizm, madaniy meros va global hamkorlik bo‘yicha tajriba va fikr almashishdan iborat bo‘ldi.

Samarali muhokamalar davomida ikkala universitet vakillari ko‘plab umumiy manfaatlar va hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, seminar va konferensiyalar tashkil etish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, shuningdek, turizm va madaniy meros sohasidagi zamonaviy talab va muammolarga javob beradigan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish kabi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.

Pekin xalqaro tadqiqot universiteti vakili samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi va universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun bunday uchrashuvlarning muhimligini takidlab o‘tdi. Shuningdek, u hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanishiga va ikkala tomon ham umumiy maqsadlariga erishishda muvaffaqiyat qozonishiga ishonishini aytdi.

“Ipak yo‘li” universitetining ilmiy ishlar, innovatsiyalar va tijoratlashtirish bo‘yicha prorektori Toni Zou mehmonlarning tashrifidan mamnunligini bildirdi va Pekin xalqaro tadqiqot universiteti bilan hamkorlik “Ipak yo‘li” universiteti va uning ilmiy dasturlarini rivojlantirish uchun strategik ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, bunday hamkorlik ikkala universitet talabalari va o‘qituvchilari uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi, bu ularga bilim, tajriba va ilg‘or tadqiqotlar bilan bo‘lishish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Prof. D.Hoffman ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va o‘zaro tushunishni chuqurlashtirishga umid qildi. “Ipak yo‘li” universiteti talabalar dunyoqarashini kengaytirish va xalqaro tajriba orttirishga yordam beradigan qo‘shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini aytib o‘tdi.

“Ipak yo‘li” universiteti kelajakda Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti bilan turizm va madaniy meros sohasida bilim almashish, madaniy boyitish va akademik jamoatchilikni rivojlantirishga yordam beradigan qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni kutmoqda.

Juma, 02 Iyun 2023 13:33

E’LON!

2023-yil 6-8-iyun kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Turkiy davlatlari tashkilotining Turk Dunyosi Universitetlari Ittifoqi (TURKUNIB)”ning maxsus yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

2023-yil 2-iyun kuni soat 15:00da (universitet binosi 108-xona) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda:

1. “Ipak yo‘li’ turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tadqiqotchisi Beknazarov Behzod Baxtiyor o‘g‘lining 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Turizm sohasini barqaror rivojlantirishda madaniy meros boyliklaridan samarali foydalanishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi;

2. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi Xolbayev Shaxriyor Abdullayevichning 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari)” ixtisosligi bo‘yicha “Turizm sohasida iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusidagi falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalari muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari 30-31-may kunlari “Sof Expo Samarkand” xalqaro ko‘rgazmalar majmuasida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari forumiga tashrif buyurdilar va quyidagilar bilan tanishdilar:

- oziq-ovqat sanoati vakillari;           

- gilam mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar;

- mebel ishlab chiqaruvchilar;

- elektrotexnika ishlab chiqaruvchilar;

- avtomobil qismlarini ishlab chiqaruvchilar;

- ichki va tashqi turizm vakillari;

- qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchilari.

Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarga katta e’tibor qaratilmoqda. Jamiyatimizning turli sohalarida ularning faol ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Talaba-qizlar bilan ishlash tizimi, qizlarning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida 2023-yil 1-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro unversiteti xotin-qizlar Kengashi raisi M.Abbasova hamda Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvohidovalar hamkorlikda “Aynan nima sizda minnatdorchilik hissini uyg‘otadi?”, “Hayotingizdagi maqsadingiz?”, “O‘z xoxishingiz bilan bu kasbni tanlaganmisiz?” nomli mavzularida bo‘lib o‘tgan davra suhbati talaba-qizlarimizning oila va jamiyatdagi o‘rni haqidagi fikrlarga bag‘ishlandi.

Davra suhbatini Xotin qizlar Kengashi raisi M.Abbasova oilali, farzandi bor talaba-qizlarni 1- iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklab, A.Avloniyning “Qizlar bilim olishga hammadan koʻproq intilishlari lozim, zero, bu bilimlar bilan ular kelajak avlodni tarbiyalaydilar”, degan jumlasi bilan ma’ruzasini boshladi va talaba-qizlarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda amalga oshirilayotgan isloxatlarning faol ishtirokchisiga aylanishlari to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi. Talaba-yoshlar tomonidan ayollar madh etilgan she’rlar aytildi, bugungi islohotlarga bildirilgan munosabatlar barchaga birdek manzur keldi.

Ijtimoiy-psixologik ko‘makka muhtoj bo‘lgan qizlarimiz uchun yakka tartibda suhbat va “O‘tmishga sayoxat, kelajakga sayoxat” nomli so‘rovnoma tashkil etildi.  Treningni tashkil etishdan maqsad qizlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda turli xil to‘garaklarga a’zo qilish ko‘zda tutildi.

Moderator universitet xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi M.Abbasova va Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvohidovalar qizlarimiz bilan yaqindan suhbatlashib, ularga baxtli va mazmunli hayot kechirishlari uchun psixologik tavsiyalar berishdi. Seminarda kutilgan natijaga erishildi.

Seshanba, 30 May 2023 22:28

Bosh assambleya tomon yana bir qadam

Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO)ning Madrid shahridagi qarorgohida 16-20 oktyabr kunlari tashkilot Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasini Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati va tashkilot o‘rtasida bitim imzolandi va tadbirni yuqori saviyada tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili, Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov hamda “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti rektori Aziz Abduhakimov Samarqand shahrida UNWTO Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish yuzasidan memorandum imzoladilar.

Aytish kerakki, mamlakatimiz tarixida ilk marotaba BMT oilasiga kiruvchi xalqaro tashkilot Bosh Assambleyasini qabul qilish yo‘lida yana bir muhim tashlamoqda. Bosh Assambleya nafaqat O‘zbekistonning boy madaniyati, turizm salohiyati, investitsion jozibadorligini jahon hamjamiyatiga keng namoyish etadi va balki xalqaro turizm industriyasi uchun yangi davrni ochib beruvchi tadbirga aylanadi.

Aslida bu tashabbus xususida Davlatimiz rahbari va tashkilot Bosh kotibi o‘rtasida kechgan uchrashuvda ilgari surilgan va yurtboshimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.

O‘z navbatida Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasining tashkil etilishi UNWTO va O‘zbekiston o‘rtasidagi 30 yillik hamkorlikni yanada mustahkamlab, turizm sohasida xalqaro miqyosdagi mutaxassislarni tayyorlash imkonini yaratadi.

Eng muhimi, xorij tajribasini puxta o‘rganib, boyitib, amaliyotga tatbiq etish uchun xalqaro maydon yaratiladi.

 

Bosh assambleya tomon yana bir qadam | O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va Turizm Vazirligi

Seshanba, 30 May 2023 16:15

E'lon

TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida 2023-yil 31-may kuni “Milliy iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Axborot xati ilova qilinadi.

   Prezidentimizning joriy yilning 22-may kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ijtimoiy soha obe’ktlarida quyosh panellarini o‘rnatish topshirig‘i ijrosi yuzasidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros хalqaro universitetida ham bir qator amaliy ishlarga qo‘l urildi. Bugungi kunda universitetda 70 kvt/soat quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, 2023-yil III-chorak yakuniga qadar yana qo‘shimcha 234 kvt/soat quvvatga teng quyosh panellari o‘rnatish reja qilingan.

   Quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha Toshkent davlat Texnika universitetidan biriktirilgan ishchi guruhi a’zolari oliygohga tashrif buyurib bu yerda qilingan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

10 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar