Dushanba, 05 Iyun 2023 11:11

“Zarafshon” gazetasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori J.Eltazarovning “Qardosh ellarning olimlari mushtarak maqsadlar yo‘lida” nomli maqolasi e’lon qilindi

Qardosh ellarning olimlari mushtarak maqsadlar yo‘lida

Samarqandda yana bir nufuzli anjuman – Turkiy davlatlari tashkilotining Turk Dunyosi Universtetlari Ittifoqining navbatdagi yig‘ini o‘tkaziladi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkaziladigan xalqaro tadbir Turkiya va boshqa turkiy davlatlar yetakchi universitetlari vakillarini har taraflama fikr almashinuvlar asosida va oliy ta’lim sohasida hamkorlik qilish yo‘llarini izlash uchun birlashtiradi.

Ta’kidlash lozimki, 2009-yilning 3-oktabr sanasida Naxichevan bitimiga muvofiq asosiy maqsadi mamlakatlar o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘lgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzilgan.

O‘zbekiston mazkur Kengashiga rasman 2019-yilning sentabr oyida a’zo bo‘lgan.

2021-yilda Istanbul sammitida Kengash tarixida yangi sahifa ochildi — u “Turkiy davlatlar tashkiloti” deb qayta nomlandi.

Bu paytda nafaqat tashkilot nomi o‘zgardi balki mazmun jihatdan ham yangilanishlar kuzatildi. Turkiy dunyo nigohi deb nomlangan 2040 yilga mo‘ljallangan strategik hujjat qabul qilingani va qo‘yilgan maqsadlar to‘rt sohaga mo‘ljallab, aniq-ravshan belgilangani buning yaqqol isbotidir. Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash va xalqaro hamjamiyat bilan turkiy davlatlarning aloqalari shular jumlasidan.

Konsepsiyada ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish, turkiy tilli universitetlar ittifoqi hamkorligini yetakchi mexanizmga aylantirish, olimlar, tadqiqotchilar va talabalar ixtiyorida bo‘lgan ilmiy maqolalar manbalarini va a’zo davlatlar ilmiy jurnallari uchun umumiy xalqaro indeksni yaratish ko‘zda tutilgani ham ahamiyatlidir.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev 2022-yil Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti I sammitidagi nutqida 2023-yili O‘zbekistonda “Turk dunyosi yoshlarining ilm-fan va innovatsiyalar xalqaro Kongressi”ni o‘tkazilishi tashabbusini ilgari surgan edi.

Aslida Turk Dunyosi Universitetlari Ittifoqi kengashi 2013-yilda tashkil etilgan. Hozirda Ittifoqning Qozog‘iston, Turkiya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Vengriyadan 40dan ortiq a’zosi bor. Ittifoqqa “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, O‘zbekistondagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Qo‘qon universitetlari a’zo hisoblanadi.

Umuman, Turkiy tilli universitetlar ittifoqi doirasida ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va turkiy dunyo universitetlarining yagona makonini yaratish yo‘lida xizmat qiluvchi Xalqaro Turk akademiyasi faoliyat olib boradi, zero turkiy davlatlar bir-birlari bilan tarixiy, madaniy va ma’naviy rishtalar bilan bog‘langan.

Ittifoqning Samarqandda o‘tadigan navbatdagi anjumani hamkorlik va do‘stlikni mustahkamlash, ta’limni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish maqsadida tashkil etilmoqda.

Tadbirlarda asosan ittifoqqa a’zo universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, tajriba va bilimlarni almashish hamda qo‘shma ta’lim va tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatlarini muhokama qilinadi. Bundan tashqari, sessiyada Turk Dunyosi Universitetlari o‘rtasida talabalar almashinuvi tashabbuslari, talabalar uchun amaliyot dasturlarini yaratish, va ularga stipendiyalar ajratishni imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Umuman davlatimiz rahbari tashabbusni amalga oshirish yaqin istiqbolda quyidagi natijalarga olib keladi:

- yoshlar uchun intellektual platforma yaratiladi, yosh olim va tadqiqotchilar almashinuvi dasturlarini yanada rivojlantiradi;

- o‘z ilmiy ishlarida salmoqli natijalarga erishgan olimlar va innovatorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari vakillari hamda turli ko‘rik-tanlovlarning yosh g‘oliblarini birlashtiradi;

- yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot siyosatini olib borish, yosh avlodni ilmiy dasturlar va jarayonlarga jalb qilish borasidagi qarashlarini yaqinlashtiradi;

- yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot va o‘quv-anglash faoliyatini rag‘batlantirish, ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, shuningdek, intellektual salohiyatini rivojlantirishga turtki beradi.

Shuningdek anjumanda oliy ta’lim tizimida umumiy ta’lim standartlarini ishlab chiqqan holda yuqori sifatli ta’limni ta’minlashni takomillashtirishdagi muhim masalalar ham muhokama qilinishi belgilangan.

J.Eltazarov,

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros
 xalqaro universiteti birinchi prorektori, professor

  Zarafshon gazetasi 66-son.pdf

O'qilgan 1082 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar