Administrator

Administrator

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining birinchi prorektori J.Eltazorov boshchiligida Xiva shahrida bo‘lib turgan jamoasi 2023-yil 13-may kuni Germaniya hamkorlik tashkilotining (GIZ) “O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish” loyihasi doirasida Xiva turizm va madaniy meros texnikumida tashkil etilgan “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” bo‘yicha o‘quv amaliyot laboratoriyalarining ochilish marosimida ishtirok etdi. Ushbu tadbirda mazkur loyiha rahbari Beate Shorayt xonim, Germaniyaning turistik assotsiatsiyasi delegatsiyasi, Xorazm viloyati turizm va madaniy meros boshqarmasi, turizm sohasida faoliyat olib boruvchi xususiy sektor vakillari, texnikum o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirok etdi. Tadbir Xorazm viloyati markaziy televideniyasida yoritildi.

2023-yil 12-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining birinchi prorektori J.Eltazarov, Turizm menejmenti kafedrasi mudiri A.Odilov va professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi J.Xolboyevlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 6-martdagi 44-buyrug‘iga asosan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda ko‘maklashish maqsadida Xiva turizm va madaniy meros texnikumida bo‘lib, texnikum pedagogik jamoasi va o‘quvchilari bilan uchrashdi.

A.Odilov tomonidan mahorat darsi tashkil etildi. Shuningdek, texnikumda mavjud muammolar o‘rganilib, texnikumga metodik va ilmiy jihatdan yordam ko‘rsatish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

YUNESKO tashkiloti “Ipak yo‘li” dasturi doirasida “Ipak yo‘li yoshlar tadqiqot granti – Ipak yo‘li tashabbusi orqali yosh tadqiqotchilar salohiyati va hissasini kuchaytirish” deb nomlangan 3-xalqaro tanlovini e’lon qildi. Mazkur tanlov Xitoy Xalq Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladi.

Mazkur tanlovning asosiy maqsadi yosh tadqiqotchilami Ipak yo‘lining umumiy merosini o‘rganishi uchun safarbar etishga qaratilgan bo‘lib, 35 va undan kichik yoshdagi ayollar va erkaklarga 12 ta grant ajratadi.

Nomzodlar Ipak yo‘li bo‘ylab asrlar davomida o‘zaro hamkorlikda rivojlangan umumiy meros va o‘ziga xoslik bilan bog‘liq ta’lim yo‘nalishlariga ariza topshirishlari mumkin. Shuningdek, ularning tadqiqotlari dolzarbligini va bu merosning o‘ziga xos bo‘lgan ijodkorlik, muloqot, ijtimoiy hamjihatlik, xalqaro va mintaqaviy hamkorlik, barqaror tinchlik va rivojlanish uchun YUNESKO mandatiga muvofiq bo‘lishi lozim.

Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar 2023-yilning 31-may kuniga qadar (https://en.unesco.org/silkroad/youthgrant) veb-sahifasi orqali shaklni onlayn to‘ldirishlari so‘raladi. Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun YUNESKOning “Ipak yo‘llari” dasturi bo‘yicha mutaxassislari Mehrdad Shabahang (Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.) va Tara Golkar xonim (Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.) bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Appendix.pdf

O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasi tomonidan Malayziya oliy ta’lim vaziiri Mohamed Xalid Nordin bilan muzokaralar o‘tkazilgan bo‘lib, O‘zbekiston fuqarolariga 2023-2024 o‘quv yilida magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida tahsil olish uchun “Malaysia International Scholarship (MIS)2023” dasturi doirasi grantlar ajratilishini ma’lum qildi.

“MIS 2023” dasturi tanlangan xorijiy davlatlar vakillari uchun Malayziyaning 20ta davlat universiteti va 4ta yetakchi xususiy universitetidan birida o‘quv dasturi to‘lovini (Malayziya hukumati tomonidan universitetga to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lanadi) va stipendiya (oyiga tahminan $350) o‘z ichiga oladi. Arizalar 2023-yil 18-maygacha qabul qilinadi.

Tanlov ishtirokchilariga quyilgan talablar hamda qo‘shimcha ma’lumot uchun aloqa ma’lumotlari ilovada keltirilgan.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun havola:

https://biasiswa.mohe.gov.my/INTER/index.php

APP.pdf

Chorshanba, 10 May 2023 12:41

Pokiston Bosh vaziri maslahatchisi tashrifi

2023-yil 8-may kuni Pokiston bosh vazirining siyosiy va jamoat ishlari bo'yicha maslahatchisi Amir Muqam Xon boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad universitet bilan yaqindan tanishish va yanada samarali do‘stlik aloqalarini o‘rnatish.

Ta’kidlash joizki, universitet kampusi mehmonlarni mehmondo‘stlik bilan kutib oldi va kelajakda universitet talabalari uchun madaniy almashinuv dasturi bilan universitetimizga tashrif buyurishlarini ta’kidlab utishdi.

Chorshanba, 10 May 2023 12:09

Indoneziya markazining ochilishi

Joriy yilning 5-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Indoneziya markazining ochilish marosimi va rebrendingi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda 60 ga yaqin Indoneziyalik, ya’ni 8 dan ortiq Indoneziya universitetlari vakillari ishtirok etishdi.

Indoneziya markazi — bu turli sohalardagi keng ko‘lamli axborot, o‘zaro hamkorlik faoliyati, shuningdek, har ikki tomonga hissa qo‘shadigan boshqa tadbirlar to‘g‘risida keng ko‘lamli ma’lumotlarni taqdim etishga mo‘ljallangan muassasadir. Ushbu tadbirlar har ikki mamlakat, Indoneziya va O‘zbekiston uchun foydali bo‘lishi kutilmoqda. Mazkur platforma Indoneziya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yaxshilash hamda akademik hamkorlik uchun xizmat qiladi.

Gunadarma universiteti Indoneziya markazining moddiy-texnik bazasini yaxshilash uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga 5000 AQSh dollari miqdorida boshlang‘ich grant ajratdi.

Faxriy mehmonlarni Innovasiya va tijoratlashtirish bo‘yicha prorektor Prof. Toni Zou kutib oldi. Professor Toni Zou o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidladi: Global akademik sheriklik –ta’limni yaxshilash uchun juda muhimdir. Shunday qilib, universitetlar dunyoning turli mintaqalaridagi turli oliygohlar bilan hamkorlikni kengaytirishlari kerak. Ta’lim va tadqiqot sohasidagi yaqin hamkorlik universitetlarni xalqaro miqyosda tan olinishiga yordam beradi.

Delegatsiya rahbari Indoneziya ta’lim vazirligidan doktor Paristianti Nurvardani - tillar madaniyatning bir qismi sifatida o‘ziga xoslik, aloqa, ijtimoiy integratsiya, ta’lim va rivojlanish uchun murakkab oqibatlari bilan odamlar va sayyoramiz uchun strategik ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Tillar nafaqat madaniy xilma-xillik va madaniyatlararo muloqotni ta’minlashda, balki barchaga sifatli ta’lim berish, hamkorlikni mustahkamlash, inklyuziv bilimlar jamiyatlarini qurish va madaniy xilma-xillikni saqlashda muhim rol o‘ynashi haqida xabardorlik tobora ortib bormoqda deb ta’kidladi.

Mazkur tadbir davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Indoneziyaning Krisnadwipayana University, Universitas Dian Nusantara, Lspr Institute Of Communication & Business, Indonesia, Universitas Esa Unggul, Indonesia, Universitas Muhammadiyah Jakarta, Bhayangkara Jakarta Raya University, Indonesia OTMlari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, bizning xalqaro universitetimiz qoshida mazkur markaz ochilishining tashabbuskori Indoneziyadagi “Gunadarma” universiteti bo‘lib, mazkur universitetning rektori prof. Eko Shri Margianti Indoneziyaning O‘zbekistondagi turizm elchisidir.

Universitet xotin-qizlar Kengashi qoshida tashkil etilgan “Lider qizlar” klubining faol a’zolari Baxramkulova Fotima va Baxramkulova Zuxrolarga tadbirda faol qatnashganlari uchun alohida minnatdorchilik izhor etamiz!

Samarqand viloyati delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi mobaynida turizm sohasida malakali kadrlarni tayyorlash masalasida yirik oliy ta’lim muassasalari bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasida bir qator uchrashuvlar tashkil etildi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga koreyalik professor-o‘qituvchilarni jalb etish, koreyalik talablar uchun grantlar ajratish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, yozgi ta’tilda talabalarni amaliyotda o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlarini ta’minlash masalasida mehmonxonlar, turistik firmalar va restoranlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi.

Jumladan, mazkur yo‘nalishda amaliy ishlarni tashkil etish bo‘yicha Gyeongju shahridagi Dongguk universiteti rahbariayati hamda Butunjahon xalqaro merosi tashkiloti qoshidagi Osiyo-Tinch okeani kotibiyati maslahatchisi Dji In Li bilan madaniy meros sohasida kadrlar almashinuvini tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, Seul shahrida bo‘lib o‘tgan “SITF-2023” xalqaro turizm ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendida universitet salohiyati keng targ‘ibot qilindi. Xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan xorijiy mutaxassislar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlarni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasida tashkil etilgan “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kompaniyasi doirasida universitet imkoniyatlari, xorijiy talabalar yaratilgan imkoniyatlar hamda koreyalik talabalarni universitetga jalb etish yuzasidan turizm  sohasi vakillari, oliy ta’lim muasssasalalri hamda OAV vakillariga taqdimot qilindi.

Dushanba, 08 May 2023 22:21

E‘lon

Hozirda o‘quv ishlari bo‘limi PhD va ABD/ADVANCED nomzodlaridan quyidagi fanlar bo‘yicha arizalarni qabul qilmoqda:

o Geografiya (inson, jismoniy va ekologik; kartografiya va tizimlarni bilish).

o Sotsiologiya hamda madaniy antropologiya

o ijtimoiy va siyosiy tarix

o dinlar tarixi (Religionswissenschaft), ilohiyot qabul qilinmaydi

o falsafa yoki g‘oyalar tarixi; matematika hamda mantiq bilan afzalroq.

Hududiy tadqiqotlar:

  • tadqiqot dizayni va usullari
  • tadqiqot strategiyasi
  • vositalar va dasturiy ta’minot (axborot fanlari)

O‘qituvchilik tajribasi bo‘lishi kerak. Ingliz Tili C1 yoki IELTS 7.5 darajasi talab qilinadi. Scopus yoki Web of Science* da indekslangan jurnallardagi maqolalar bilan tasdiqlangan faol tadqiqot dasturi ham bo‘lishi kerak.

Rezyumengizni va qisqacha ilova xatini “Ipak yo‘li” universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. nomiga 2023-yilning 20-mayigacha yuborishingiz so‘raladi. Suhbatga faqat tanlangan nomzodlar taklif qilinadi.

P. S. “ishga qabul qilish belgisi bilan CVlar yuborish” va qisqacha qiziqish xatini qo‘shishi kerak.

Murojaat uchun: +998 90 038 47 50

Joriy yilning 4-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekistondagi Xitoy savdo palatasi bilan onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. Onlayn seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori J.Eltazarov, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov, “Air Marakanda” kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Artem Pak, Madaniyat vazirligining xalqaro bo‘limi boshlig‘i F.Dodiev, Madaniyat va turizm vazirligi logistika bo‘limi boshlig‘i B.Kulahmedov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i M.Axmedov, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova, O‘zbekistondagi Xitoy korxonalari savdo-sanoat palatasining ijrochi raisi Lyu Yu, Shinjon madaniy taraqqiyotga ko‘maklashish assotsiatsiya vakili Su Syan, Guilin Siti madaniy va turizm byurosining iqtisodiy ekspluatatsiyasi bo‘limi boshlig‘i Liao Yanli, Guangxi viloyatidagi “Qingdao Airlines” vitse-prezidenti Cui Xinyu, “Qingdao Airlines” marketing bo‘yicha direktor o‘rinbosari  Mou Yang, Chjan Rui, ”Qingdao Airlines” marketing qo‘mitasi bosh menejerining yordamchisi va tarmoq sig‘imi bo‘limi, sotishni boshqarish bo‘limi kabi tegishli bo‘limlarning xodimlari ishtirok etdi.

Ushbu onlayn seminarda O‘zbekiston va Xitoyda yarmarkalar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi, chunki bu investitsiyalarga, Xitoy bozorida o‘zbek tovarlarini ko‘payishiga va Xitoy bilan munosabatlarni yaxshilanishiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, “Ipak yo‘li go‘zallik tanlovi” Samarqand va Xitoyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuni ta’kidlash joizki, joriy yilning sentyabr oyida “bitta kamar va bitta yo‘l” loyihasini amalga oshirish rejalashtirildi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1-kurs talabalari A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurishdi. Talabalar “Kitobsevar millat” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida faol ishtirok etib, o‘zlarining kitob o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqlarini namoyish etishdi. 1-kurs talabasi Uskanboyeva Maftuna esa o‘z ijodidan she’rlar o‘qib, qatnashchilarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.

14 dan 149 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar