12 may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida “Ilmli ayol — jamiyat koʻzgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar Festivali boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda respublika OTM xotin qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchilari, Samarqand viloyati OTM olima ayollari, shu jumladan “Irak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin qizlari, olimalari ishtirok etdilar.
Festivalda Oʻzbekiston Respublikasi senati raisi T.K.Norbaeva online tarzda festival ishtirokchilariga tabrig, fikrlari hamda murojaati video xabar orqali yetkazildi. Maʼruzachilar tomonidan mamlakatimizda Uchinchi Renessans davrida xotin qizlarni kullab quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, olima ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlar, xotin qizlarning jamiyatda va ilm-fan taraqqiyotidagi faolligini oshirish masalalari, hadislarda ayollarga munosabatning ifodalanishi, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonliklarning kelib chiqish sabablari hamda ularning oldini olish mexanizmlari kabi masalalar toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtilib, tahliliy maʼlumotlar asosida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, festival doirasida milliy liboslar podiumi, konsert dasturi va ishtirokchilar oʻrtasida “Velo Lady” sport musobaqasi oʻtkazildi.