Administrator

Administrator

Ma’lumki, bugun mamlakatimizda beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish, aholining keng qatlamlarini bepul donorlikka jalb etish, bemorlarni xavfsiz qon komponentlari bilan ta’minlashga  katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bois, 2023-yilning 4-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba-yoshlari uchun, “Ezgulik albatta qaytadi” yoki beg‘araz donor bo‘ling! – shiori ostida mamlakatimiz yoshlari orasida beg‘araz donorlik harakatini ommalashtirish maqsadida tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Samarqand Qon qo‘yish markazi sayyor guruh bo‘lim mudiri Jabborova Aziza Mansurovna, Biologik nazorat bo‘limi mudiri Qosimova Zarina Sobirovnalar tomonidan yoshlarimizga qon topshirish nima uchun kerakligi, qon topshirish jarayoni, qon topshirish muolajalari va beg‘araz donorlar to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti barcha professor-o‘qituvchi, xodim va talabalarni donorlik harakatini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Mehr ulash” kabi xayriya aksiyalarida faol ishtirok etishga va beg‘araz donor bo‘lishga hamda yordamga muhtoj bemorlarga ko‘mak berishga chaqiradi.

Madaniy merosni saqlash bo‘yicha Osiyo tashabbusiga muvofiq, Xitoy madaniy merosni muhofaza qilish jamg‘armasi YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan ob’ektlarning barqaror turizm kafedrasiga “Osiyoda madaniy meros bo‘yicha ta’lim bo‘yicha hamkorlik tarmog‘i” loyihasini amalga oshirishni topshirdi va madaniy merosni saqlash va undan foydalanish bo‘yicha birinchi Osiyo takliflar tanlovini tashkil etdi.

“Ipak yo‘li” universiteti va Pekin xalqaro tadqiqotlar universitetidan Sayid Kodirzoda, Qiu Ziyi, Miao Xui, Chan Dongfang, Qiu Rui ushbu tanlovda ishtirok etish uchun “TCU” jamoasini tuzdilar.

Professor Zou Tongqian (Toni) va professor Patterson rahbarligida jamoa dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tdi va 2023-yilning 23-aprel sanasida Sun Yat-Sen universitetining Chjuxaydagi kampusida yakuniy taqdimot bo‘lib o‘tdi, “TCU ACTION” jamoasining ishi esa “tanqidiy taklif” sifatida baholandi.

O‘zbekistondagi Xivani misol sifatida ko‘rib chiqqandan so‘ng, jamoa dala tadqiqotlaridan so‘ng TCU Action dasturini taklif qildi, u butunlikni himoya qilish va kompleks foydalanish nazariyasiga asoslanadi, TCU tarmog‘i va TCU tizimidan iborat bo‘lib, bu uchta asosiy yo‘nalish orqali madaniy merosni barqaror himoya qilish va ulardan foydalanishni har tomonlama amalga oshirishga qaratilgan: texnologiya, yaratish va birlashtirish, shuningdek, kompleks hukumat, sayyohlar, biznes va boshqa manfaatdor tomonlar tomonidan monitoring, boshqarish, ekspluatatsiya va nazorat vazifalarini bajarish.

Tanlovda Xitoy, Filippin, Malayziya, Vetnam, Indoneziya, Tojikiston, Tailand, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi 10 dan ortiq mamlakatlardan 5000 dan ortiq yoshlar vakillari ishtirok etdi. Hamda Osiyo mamlakatlari va mintaqalari o‘rtasidagi madaniy merosni o‘qitish bo‘yicha hamkorlik orqali madaniy merosni barqaror rivojlantirish kontseptsiyasini kengaytirishga, Osiyo mamlakatlari va mintaqalari o‘rtasida madaniy almashinuv va o‘zaro ta’limni mustahkamlashga va Osiyo madaniy merosining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashishga umid qilamiz.

Turizm menejmenti fakultetining bir qancha o‘qituvchilari: Mironshoh O‘ktamov, Farux Shukurov, Mehruza Vafoqulova (Turizm menejmenti kafedrasi) va Gulrux Yusupova (Tillar kafedrasi) 2023-yil 1-2 may kunlari Samarqandda American Council tomonidan tashkil etilgan UniCEN tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha ikki kunlik seminarda ishtirok etishdi. Seminarning asosiy maqsadlari Markaziy Osiyo oʻqituvchilarining tadqiqot salohiyatini oshirish, xalqaro jurnallarga yuboriladigan AQSh va Markaziy Osiyo qoʻshma nashrlari sonini koʻpaytirish, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston davlatlari o‘rtasidagi fanlararo va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish.

Seminar ekspertlari: Ijodiy tadqiqotlar bo‘yicha prorektor o‘rinbosari va Lixay universitetining “Mountaintop” tashabbusi direktori Professor Xanjan Mehta, Sent-Luisdagi Vashington universiteti muhandislik ta’limi bo‘limi boshlig‘i Doktor Jey Tyorner va Doktor Hamid Reza Shahbazkia, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti huquq, texnologiya va ta’lim fakulteti dotsenti tomonidan tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha interaktiv treninglar o‘tkazildi.

Shuningdek American Councils vakillari Amerika universitetlari vakillari bilan ishlashni boshlash va ular bilan muloqotni davom ettirish bo'yicha amaliy maslahatlar bilan o'rtoqlashdi, hamda, amerikalik hamkasblar bilan samarali muloqot qilish bo'yicha tavsiyalar berishdi.

Insoniyat qadim zamonlardan so‘z va nutqdan foydalanib keladi. Jamiyat taraqqiy etgan sari, nutq, madaniyat va notiqlik san’ati ham rivojlanib borgan. Bugungi kunda xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizning dunyoqarashini o‘zgartirish deysizmi, adashgan guruhlarga kirib qolganlarni to‘g‘ri yo‘lga solishdan tortib korrupsion jinoyatlarning oldini olishda notiqlik san’atining roli juda ahamiyatli bo‘lmoqda. Notiqlik san’ati xalq bilan bevosita ishlaydigan barcha tizim vakillari, shuningdek, turizm bilan shug‘ullanadigan xodim va talabalari uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir.

Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tomonidan ko‘pgina ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, universitetda ta’lim olayotgan talabalar ichidan eng kuchlilari saralanib, “Content stage” guruhi tashkil etildi. Mazkur guruh talabalari o‘rtasida, kuni kecha 4-may kuni, “Notiqlik san’ati” mavzusida musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Bunday musobaqalarni tashkillashtirishdan maqsad, universitet talabalarida muloqot va muomala madaniyatini rivojlantirish, kitob mutolaasi, kitobsevarlikka chorlash, faol talabalar safini kengaytirish, har bir talabada nutq mahorati va notiqlik san’atini takomillashtirish, fuqarolar, turistlar bilan muloqotda xushmuomalalikni ta’minlash, mantiqiy mushohada yuritish va yangicha fikrlash tarzini shakllantirishdan iboratdir.

Tashkil etilgan tadbir davomida talabalarning mahorati tajribali notiq-o‘qituvchi, xodimlar tomonidan sinovdan o‘tkazilib, bu borada kerakli tushuncha va yo‘riqnomalar berildi. Bellashuv tarzida o‘tkazib kelinayotgan bu kabi musobaqalar talabalarning yangicha imijini shakllantirishda o‘zgacha yondashuv bo‘lishi shubhasiz.

Umuman olganda, universitetda ta’lim olayotgan talabalar o‘rtasida turizm va ta’limga oid ko‘plab yangiliklar, g‘oyalar va fikrlar yetarlicha. Bu g‘oyalarni amalda tatbiq etib, rivojlantirish uchun kunu-tun mehnat qilishga hamma tayyor.

Musabaqa g‘olib bo‘lgan talabalar  Barno Bobomurodova 1– o‘rin I Watch 8 Ultra Max, Nodirbek Rizaqulov 2-o‘rin simsiz naushnik  Pods Pro White Bluetooth, Shamsiyev Saidakbar 3-o‘rin tashqi akkumulyator Power Bank XO PB301 10000  mA   esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Dunyoga mashhur opera qo‘shiqchisi Plasido Domingo va uning rafiqasi soprano qo‘shiqchisi va rejissyor Marta Domingo “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad universitetni ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim shakllari va turlari, shuningdek, universitetning ichki qismi bilan tanishishdan iborat edi.

Plasido Domingo O‘zbekistonga safari davomida Toshkentdagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduxakimov bilan shaxsan uchrashdi.

Rektorimiz A.Abduxakimovning Facebook sahifasida buyuk maestro Samarqandga qilgan ajoyib sayohati va mehmondo‘stligi uchun minnatdorchilik maktubini joylashtirdi.

Indoneziya Respublikasi parlamenti vakillar palatasi spikerining o‘rinbosari Rahmat Gobel “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Rahmat Gobel bilan birgalikda sayyohlik biznesining 25 vakili va O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisi ham mamlakatimizga tashrif buyurdi. Tashrif buyuruvchilarning tashrifidan maqsad universitet bilan tanishish va do‘stona hamkorlik o‘rnatish edi.

Ta’kidlash joizki, universitet kampusi mehmonlarda juda iliq taasurotlar qoldirdi va kelajakda indoneziyalik talabalar uchun madaniy almashinuv dasturi bilan universitetimizga tashrif buyurishlarini ta’kidlab utishdi.

Koʼhna va hamisha navqiron Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 1-3-may kunlari o‘tkazilgan “Insoniyat va yer yuzi uchun gastronomik turizm kongressi: innovatsiya, imkoniyatlar va barqarorlik” mavzusidagi kongress o‘ta samarali tashkil qilinganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Xalqaro kongress Turkiya Respublikasidagi “Pamukqaʼla” universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Unda gastronomiya turizmi rivojlangan va shu yo‘nalishda amaliy natijalarni qo‘lga kiritayotgan Turkiya, Indoneziya, Belorussiya, Ozarbayjon, Tojikiston kabi davlatlardan professor, olimlar tashrif buyurib, sohada amalga oshirilishi lozim bo‘ladigan nazariyalarga to‘xtalib o‘tishdi.

Yuqori darajadagi anjumanni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori J.Eltazarov kirish so‘zi bilan ochib, xalqaro kongress ishiga omad tiladi.

Biz o‘tgan yili “Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan gastronomiya turizimi sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan edik. Ushbu shartnoma asosida mazkur konferentsiyani tashkil etdik. Haqiqatan ham turizmni rivojlantirishda mamlakatga turistlarni jalb etishda milliy taomlarning, oshxona madaniyatining katta o‘rni bor. Qardosh O‘zbekiston o‘zining taomlari, nonlari bilan mashhur hisoblanadi. Bu go‘zal madaniy boylikni juda chiroyli tarzda turistlarga taqdim etish turizm uchun juda muhimdir. Ushbu anjuman gastronomiya turizmining turli masalalarini muhokama qilinishi bilan ahamiyatli hisoblanadi, - deydi Turkiya Respublikasidagi “Pamukqaʼla” universiteti rektori, professor Аhmet Kutluxon.

Xalqaro kongressning birinchi kuni har tomonlama ishchan ruhda tashkil qilinib, unda olimlar tomonidan gastronomiya turizmi sohasidagi maʼruzalar qilinganligi bilan barcha ishtirokchilarda qiziqish o‘yg‘otdi.

2-may kuni xalqaro kongress ishtirokchilari birinchi bo‘lib, Аmir Temur maqbarasida bo‘lib, ulug‘ ajdodimiz haqqiga duo qilishdi. Shundan so‘ng Samarqand shahrining yuragi bo‘lgan Registon maydonida bo‘lib, bu yerda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan qurilish va arxitekturaning noyob qirralari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek mehmonlar Bibixonim, Shohi Zinda masjid majmualarida va Ulug‘bek observatoriyasida va Xo‘ja Doniyor maqbarasida ham bo‘lishdi.

         3-may kuni xalqaro kongressning kun tartibida nazariya bilan amaliyotning uyg‘unlashuvi yaʼni olimlar va gastronomiya turizmi sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning uchrashuvi, muloqoti bilan ahamiyatli bo‘ldi. Tadbirda olimlar, tadbirkorlar bugungi kunda gastronomik turizm sohasida sohada amalga oshirilishi lozim bo‘ladigan vazifalarga to‘xtalib o‘tishdi va universitet talabalarining savollariga javob berishdi.

2022-2023-o‘quv yili davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar ilmiy faoliyatlari davomida bir qancha yutuqlarga erishishdi. Universitet “Turizm menejmenti” kafedrasi professori Ian Pattersonning Scopus bazasida indekslanuvchi xalqaro yuqori nufuzga ega bo‘lgan jurnallarda maqolalari chop etilganligi shular jumlasidandir. Professor Ian Pattersonning “Tourism towards healthy lives and well-being for older adults and senior citizens: Tourism agenda 2030” nomli maqolasi “Tourism Review” jurnalida hamda “Journal of Hospitality and Tourism Management” jurnalida “Volunteer tourism: The future of baby boomer tourists in a post pandemic world” nomli maqolalari chop etildi. Ushbu maqolalar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin.

1.  Tourism towards healthy lives and well-being for older adults and senior citizens: Tourism agenda 2030  https://www.emerald.com/insight/content/doi/10.1108/TR-06-2022-0269/full/html

2.  Volunteer tourism: The future of baby boomer tourists in a post pandemic world

(https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S1447677023000414)

Seshanba, 02 May 2023 15:24

Xalqaro yoshlar turizmi konferensiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2023-yil 7-martdagi “2023-yilda Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yuqori darajada tashkil etish va Shahrisabz shahrining “2024-yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomini olishiga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 98-son qarorining 3-ilova bilan tasdiqlangan “Samarqand – jahon turizm poytaxti. Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasi 25-sessiyasi mezboni” shiori ostida 2023-yil davomida o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi”ning 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universitetida joriy yilning 1-may kuni universitet  Ilmiy tadqiqot ishlari va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Tong Qian Zou, ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Mansurova Nargiza Shamsidinovnalar boshchiligida professor-o‘qituvchilar va universitetda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar hamda magistratura bosqichida tahsil olayotgan xorijlik talabalar ishtirokida “Turizm. Fan. Innovatsiya” xalqaro yoshlar turizmi konferensiyasi" tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga Samarqand iqtisodiyot va servis institutidan bir guruh talabalar va professor-o‘qituvchilar tashrif buyurishdi va o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan turizm sohasidagi innovatsiyalar va ularning sohaga kengroq jalb qilinishi bilan bog‘liq dolzarb muammolar muhokama qilindi.

15 dan 149 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar