×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 10 May 2023 12:09

Indoneziya markazining ochilishi

Joriy yilning 5-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Indoneziya markazining ochilish marosimi va rebrendingi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda 60 ga yaqin Indoneziyalik, ya’ni 8 dan ortiq Indoneziya universitetlari vakillari ishtirok etishdi.

Indoneziya markazi — bu turli sohalardagi keng ko‘lamli axborot, o‘zaro hamkorlik faoliyati, shuningdek, har ikki tomonga hissa qo‘shadigan boshqa tadbirlar to‘g‘risida keng ko‘lamli ma’lumotlarni taqdim etishga mo‘ljallangan muassasadir. Ushbu tadbirlar har ikki mamlakat, Indoneziya va O‘zbekiston uchun foydali bo‘lishi kutilmoqda. Mazkur platforma Indoneziya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yaxshilash hamda akademik hamkorlik uchun xizmat qiladi.

Gunadarma universiteti Indoneziya markazining moddiy-texnik bazasini yaxshilash uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga 5000 AQSh dollari miqdorida boshlang‘ich grant ajratdi.

Faxriy mehmonlarni Innovasiya va tijoratlashtirish bo‘yicha prorektor Prof. Toni Zou kutib oldi. Professor Toni Zou o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidladi: Global akademik sheriklik –ta’limni yaxshilash uchun juda muhimdir. Shunday qilib, universitetlar dunyoning turli mintaqalaridagi turli oliygohlar bilan hamkorlikni kengaytirishlari kerak. Ta’lim va tadqiqot sohasidagi yaqin hamkorlik universitetlarni xalqaro miqyosda tan olinishiga yordam beradi.

Delegatsiya rahbari Indoneziya ta’lim vazirligidan doktor Paristianti Nurvardani - tillar madaniyatning bir qismi sifatida o‘ziga xoslik, aloqa, ijtimoiy integratsiya, ta’lim va rivojlanish uchun murakkab oqibatlari bilan odamlar va sayyoramiz uchun strategik ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Tillar nafaqat madaniy xilma-xillik va madaniyatlararo muloqotni ta’minlashda, balki barchaga sifatli ta’lim berish, hamkorlikni mustahkamlash, inklyuziv bilimlar jamiyatlarini qurish va madaniy xilma-xillikni saqlashda muhim rol o‘ynashi haqida xabardorlik tobora ortib bormoqda deb ta’kidladi.

Mazkur tadbir davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Indoneziyaning Krisnadwipayana University, Universitas Dian Nusantara, Lspr Institute Of Communication & Business, Indonesia, Universitas Esa Unggul, Indonesia, Universitas Muhammadiyah Jakarta, Bhayangkara Jakarta Raya University, Indonesia OTMlari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, bizning xalqaro universitetimiz qoshida mazkur markaz ochilishining tashabbuskori Indoneziyadagi “Gunadarma” universiteti bo‘lib, mazkur universitetning rektori prof. Eko Shri Margianti Indoneziyaning O‘zbekistondagi turizm elchisidir.

Universitet xotin-qizlar Kengashi qoshida tashkil etilgan “Lider qizlar” klubining faol a’zolari Baxramkulova Fotima va Baxramkulova Zuxrolarga tadbirda faol qatnashganlari uchun alohida minnatdorchilik izhor etamiz!

O'qilgan 1978 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1661{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar