Juma, 05 May 2023 16:25

“Content stage” loyihasi doirasida - notiqlik san’ati musobaqasi

Insoniyat qadim zamonlardan so‘z va nutqdan foydalanib keladi. Jamiyat taraqqiy etgan sari, nutq, madaniyat va notiqlik san’ati ham rivojlanib borgan. Bugungi kunda xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizning dunyoqarashini o‘zgartirish deysizmi, adashgan guruhlarga kirib qolganlarni to‘g‘ri yo‘lga solishdan tortib korrupsion jinoyatlarning oldini olishda notiqlik san’atining roli juda ahamiyatli bo‘lmoqda. Notiqlik san’ati xalq bilan bevosita ishlaydigan barcha tizim vakillari, shuningdek, turizm bilan shug‘ullanadigan xodim va talabalari uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir.

Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tomonidan ko‘pgina ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, universitetda ta’lim olayotgan talabalar ichidan eng kuchlilari saralanib, “Content stage” guruhi tashkil etildi. Mazkur guruh talabalari o‘rtasida, kuni kecha 4-may kuni, “Notiqlik san’ati” mavzusida musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Bunday musobaqalarni tashkillashtirishdan maqsad, universitet talabalarida muloqot va muomala madaniyatini rivojlantirish, kitob mutolaasi, kitobsevarlikka chorlash, faol talabalar safini kengaytirish, har bir talabada nutq mahorati va notiqlik san’atini takomillashtirish, fuqarolar, turistlar bilan muloqotda xushmuomalalikni ta’minlash, mantiqiy mushohada yuritish va yangicha fikrlash tarzini shakllantirishdan iboratdir.

Tashkil etilgan tadbir davomida talabalarning mahorati tajribali notiq-o‘qituvchi, xodimlar tomonidan sinovdan o‘tkazilib, bu borada kerakli tushuncha va yo‘riqnomalar berildi. Bellashuv tarzida o‘tkazib kelinayotgan bu kabi musobaqalar talabalarning yangicha imijini shakllantirishda o‘zgacha yondashuv bo‘lishi shubhasiz.

Umuman olganda, universitetda ta’lim olayotgan talabalar o‘rtasida turizm va ta’limga oid ko‘plab yangiliklar, g‘oyalar va fikrlar yetarlicha. Bu g‘oyalarni amalda tatbiq etib, rivojlantirish uchun kunu-tun mehnat qilishga hamma tayyor.

Musabaqa g‘olib bo‘lgan talabalar  Barno Bobomurodova 1– o‘rin I Watch 8 Ultra Max, Nodirbek Rizaqulov 2-o‘rin simsiz naushnik  Pods Pro White Bluetooth, Shamsiyev Saidakbar 3-o‘rin tashqi akkumulyator Power Bank XO PB301 10000  mA   esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

O'qilgan 1253 marta
Kategoriya Talabalar hayoti

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar