×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 10 May 2023 11:51

Koreya oliy ta’lim muassasalari hamda yirik turistik tashkilotlari vakillari bilan muzokaralar olib borildi

Samarqand viloyati delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi mobaynida turizm sohasida malakali kadrlarni tayyorlash masalasida yirik oliy ta’lim muassasalari bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasida bir qator uchrashuvlar tashkil etildi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga koreyalik professor-o‘qituvchilarni jalb etish, koreyalik talablar uchun grantlar ajratish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, yozgi ta’tilda talabalarni amaliyotda o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlarini ta’minlash masalasida mehmonxonlar, turistik firmalar va restoranlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi.

Jumladan, mazkur yo‘nalishda amaliy ishlarni tashkil etish bo‘yicha Gyeongju shahridagi Dongguk universiteti rahbariayati hamda Butunjahon xalqaro merosi tashkiloti qoshidagi Osiyo-Tinch okeani kotibiyati maslahatchisi Dji In Li bilan madaniy meros sohasida kadrlar almashinuvini tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, Seul shahrida bo‘lib o‘tgan “SITF-2023” xalqaro turizm ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendida universitet salohiyati keng targ‘ibot qilindi. Xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan xorijiy mutaxassislar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlarni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasida tashkil etilgan “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kompaniyasi doirasida universitet imkoniyatlari, xorijiy talabalar yaratilgan imkoniyatlar hamda koreyalik talabalarni universitetga jalb etish yuzasidan turizm  sohasi vakillari, oliy ta’lim muasssasalalri hamda OAV vakillariga taqdimot qilindi.

O'qilgan 1335 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1660{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar