Administrator

Administrator

Joriy yilning 17-may kuni “Yang Zhengrong” kompaniyasi boshchiligida Vuxan Birlashgan tibbiyot guruhi delegatsiyasi vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, ta’lim sohasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda, jahon nomoddiy madaniy merosi bo‘lgan Xitoy tibbiyoti (TCM) universitetda tibbiy turizm yo‘nalishini ochishdir.

Tashrif davomida “Vuxan Coupling Medicine Group” tomonidan O‘zbekistonda an’anaviy Xitoy tibbiyoti (TCM) shifoxonasini ochish rejalari, shuningdek, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tibbiy turizm yo‘nalishini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Joriy yilning 17-may kuni Qozog‘iston Milliy Fanlar Akademiyasining a’zosi, huquq fanlari doktori, akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti rektori Dulatbekov Nurlan Orinbasarovich boshchiligidagi universitet vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida akademik almashinuv istiqbollari, ikkala universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qo‘shma tadqiqot loyihalar va ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish, qo‘shma seminar va ilmiy konferensiyalar o‘tkazish hamda O‘zbekiston va Qozog‘istondan, shuningdek, boshqa mamlakatlardan manfaatdor investorlarni jalb qilgan holda qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tashkil etilgan infotur, boshqaruv modeli va o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, Buyuk Ipak yo‘lining noyob tarixiy elementlari, o‘rnatilgan galereyalar va universitet laboratoriyasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti qoshidagi malaka oshirish instituti bazasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Qozog‘iston oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi, unda talabalar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universitetidan ham sertifikatlar oladilar.

Tashkilotchilar ushbu infotur o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va Qarag‘anda universiteti professor-o‘qituvchilarini “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga jalb etishga qo‘shimcha turtki berishiga ishonchlari komil.

Universitetning rasmiy sayti: http://buketov.edu.kz

2023-yil 17-may kuni Samarqand turizm va madaniy meros texnikumiga Nankin turizm va mehmondo‘stlik biznesi instituti (Xitoy)ning bir guruh ma’muriyati hamda professor-o‘qituvchilari tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Nankin instituti tomonidan texnikum o‘quvchilariga Xitoy taomlarini tayyorlash texnologiyasini o‘rgatadigan metodikani joriy etish bo‘yicha takliflar berishdi hamda mazkur yo‘nalish bo‘yicha texnikumni jihozlar bilan ta’minlashga tayyor ekanliklarini bildirishdilar.

Joriy yilning 17-may kuni Xitoy Nankin turizm va mehmonxona biznesi instituti prorektori Xuang Bin boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Faxriy mehmonlarni birinchi prorektor J.Eltazarov va O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi ta’lim va fanni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari J.Matkarimov kutib oldi. Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Tashrif doirasida Samarqand shahridagi turizm va madaniy meros texnikumida joylashgan xalqaro oshpazlik maktabida umumiy ovqatlanish dasturini (Xitoy oshxonasi zonasi) tashkil etish bo‘yicha ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Xitoy oshxonasining o‘quv-pedagogik laboratoriyasini tashkil etish, uni zamonaviy talablarga muvofiq jihozlash va Xitoy oshxonasi oshpazlarini tayyorlash, shuningdek, ikki universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining amlashinuvini ta’minlash hamda Nankin turizm va mehmonxona biznesi institutida “Ipak yo‘li” universiteti o‘qituvchilarining malakasini oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Muzokaralar davomida tomonlar ta’lim sohasida O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida erishilgan muhim natijalarni qayd etdilar, shuningdek, ikki mamlakat yoshlarining xalqlar tarixi, madaniyati, tili va urf-odatlariga o‘zaro qiziqishi sezilarli darajada oshganini ta’kidladilar. Tomonlar ikki tomonlama tashriflarni davom ettirishni qo‘llab-quvvatladilar.

Tashrif doirasida ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Chorshanba, 17 May 2023 14:06

Malakaviy imtihon topshiruvchilar diqqatiga

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon uchun hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihon jarayonlari joriy yilning 18-may kuni soat 14:30da universitet binosi 108-xonada tashkil etiladi.

Talabgorlardan imtihon boshlanadigan vaqtdan yarim soat oldin malakaviy imtihon o‘tkaziladigan joyga o‘zlarining shaxslarini tasdiqlovchi hujjat (passport) hamda tadqiqotchilarning dissertatsiya avtoreferatlari bilan birgalikda kelishlari so‘raladi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 4-bosqich talabasi Ergashev Ramziddin O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan tashkil etilgan “IBRAT” tillar oromgohining “Top 100 Universities” deb nomlangan mavsumida ishtirok etib, dunyoning eng zo‘r 100 universitetining magistratura bosqichiga qabul qilinish uchun zarur bo‘ladigan bilm va ko‘nikmalarni egallab qaytdi.

  • Ta’kidlash joizki, oromgoh mutlaqo bepul bo‘lib uning bu safargi 2-mavsumiga 7500 kishi hujjat topshirgan va shulardan 200ga yaqini bakalavr va boshqa 200ga yaqini magistratura uchun mo‘ljallangan mavsumga qabul qilingan.
  • “IBRAT” tillar oromgohiga ishtirok etish uchun ingliz tilini yaxshi bilish, faol talaba yoki o‘quvchi bo‘lish va keng fikrlash talab etiladi. Oromgohning keyingi mavsumlari yoz faslida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 4-bosqich talabasi Ergashev Ramziddin O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan tashkil etilgan “IBRAT” tillar oromgohining “Top 100 Universities” deb nomlangan mavsumida ishtirok etib, dunyoning eng zo‘r 100 universitetining magistratura bosqichiga qabul qilinish uchun zarur bo‘ladigan bilm va ko‘nikmalarni egallab qaytdi.

  • Ta’kidlash joizki, oromgoh mutlaqo bepul bo‘lib uning bu safargi 2-mavsumiga 7500 kishi hujjat topshirgan va shulardan 200ga yaqini bakalavr va boshqa 200ga yaqini magistratura uchun mo‘ljallangan mavsumga qabul qilingan.
  • “IBRAT” tillar oromgohiga ishtirok etish uchun ingliz tilini yaxshi bilish, faol talaba yoki o‘quvchi bo‘lish va keng fikrlash talab etiladi. Oromgohning keyingi mavsumlari yoz faslida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etilgan talabalar teatr studiyasi festivali mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng koʻlamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta oʻzlashtirgan har tomondan sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda talaba-yoshlarni teatr sanʼatiga muhabbat ruhida tarbiyalash va maʼnaviy kamolotga yoʻnaltirish orqali oliy taʼlim muassasalarida olib borilayotgan madaniy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga erishish hamda iqtidorli yoshlarga oʻz imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratib berish va ragʻbatlantirishdan iborat.

O‘tgan yili universitet “Tarix va madaniy meros” kafedrasi tashabbusi bilan “Ipak yo‘li mamlakatlari madaniyati va san’ati” festivali o‘tkazilgan edi va bu festival an’anaviy tarzda har yili tashkil etilishi belgilangan edi. Joriy yilning 10-may kuni mazkur festival kafedra tashabbusi bilan o‘tkazilgan 3 kunlik “Ipak yo‘li xalqlari tarixi, madaniy meros va turizm imkoniyatlari (o‘tmish va bugun) xalqaro konferensiya” qatnashchilari uchun ikkinchi marta tashkil etildi.

Universitetimizning iqtidorli talabalaridan tashkil topgan talabalar teatr studiyasi tomonidan “Samariya” folklyor etnografik tomoshasi namoyish etildi. Sahnada Ipak yo‘li mamlakatlari kuy va qo‘shiqlari namoyishi bilan birga, O‘zbekiston viloyatlarining an’ana va urf-odatlari ham chiroyli kompositsiyalarda talabalarimiz tomonidan ijro etildi. Sahnadagi rang-baranglik, yorqin ijro, mahorat va professionalism tomoshabinlarga, ayniqsa xorijlik mehmonlar hayratiga sazovor bo‘ldi. Xorijlik mehmonlar milliy liboslardagi talabalarimiz bilan selfi va fotolarga tushib o‘z internet sahifalarida ham aks ettirishdi. Universitetimiz birinchi prorektori J.Eltazarovning to‘lqinlanib gapirgan so‘zlari ayniqsa talabalarimizga o‘lkan pozitiv kuch bag‘sh etdi. Kelasi o‘quv yilida mazkur festivalni yanada jozibali o‘tkazish rejalari tuzildi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan 2023-yil 15-may kuni “Xalqaro oila” kuni munosabati bilan “Farovon oila sari” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda unversitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova, Samarqand viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimi o‘rinbosari Z.Rahmonova, “Vatanparvar” mahallasining xotin-qizlar maslahatchisi N.Norqulova, unversitetning “Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar” bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Unda soha mutaxassislari tomonidan talabalar uchun muhum tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan oila va uning qadriyatlari borasida prezentatsiya namoish etildi va “Oila o‘zi – nima? U qachon mustahkam bo‘ladi?”, O‘zbekiston Respublikasining “Oila” kodeksi undagi keltirilgan moddalar to‘g‘risida nuqt so‘zlashdi. Shuningdek oila – qon-qarindoshlik, nikoh orqali qarindoshchilik yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhligi, koʻp jamiyatlarda oila bolalar sotsializatsiyasi uchun asosiy institut vazifasini oʻtashi haqida fikrlar bildirib o‘tildi. 

Dushanba, 15 May 2023 11:58

"World edu 2023" xalqaro ko'rgazmasi

Joriy yilning 11-12-may kunlari Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi "SOF EXPO SAMARQAND" ko'rgazmalar majmuasida "World EDU 2023" xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Ushbu xalqaro ko‘rgazmada universitetimiz mas’ul xodimlari faol ishtirok etishdi.

Ko‘rgazmada umumiy litsey, texnikum hamda o‘rta ta’lim bitiruvchilariga universitetimizga 2023-2024 yil uchun qabul yo‘nalishlari hamda universitetga o‘qishga kirish tartibi to‘g‘risida bitiruvchilarga to‘liq axborot berildi.

13 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar