×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 18 May 2023 11:55

Nankin turizm va mehmonxona biznesi instituti delegatsiyasining tashrifi

Joriy yilning 17-may kuni Xitoy Nankin turizm va mehmonxona biznesi instituti prorektori Xuang Bin boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Faxriy mehmonlarni birinchi prorektor J.Eltazarov va O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi ta’lim va fanni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari J.Matkarimov kutib oldi. Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Tashrif doirasida Samarqand shahridagi turizm va madaniy meros texnikumida joylashgan xalqaro oshpazlik maktabida umumiy ovqatlanish dasturini (Xitoy oshxonasi zonasi) tashkil etish bo‘yicha ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Xitoy oshxonasining o‘quv-pedagogik laboratoriyasini tashkil etish, uni zamonaviy talablarga muvofiq jihozlash va Xitoy oshxonasi oshpazlarini tayyorlash, shuningdek, ikki universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining amlashinuvini ta’minlash hamda Nankin turizm va mehmonxona biznesi institutida “Ipak yo‘li” universiteti o‘qituvchilarining malakasini oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Muzokaralar davomida tomonlar ta’lim sohasida O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida erishilgan muhim natijalarni qayd etdilar, shuningdek, ikki mamlakat yoshlarining xalqlar tarixi, madaniyati, tili va urf-odatlariga o‘zaro qiziqishi sezilarli darajada oshganini ta’kidladilar. Tomonlar ikki tomonlama tashriflarni davom ettirishni qo‘llab-quvvatladilar.

Tashrif doirasida ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

O'qilgan 1150 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1676{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar