2023-yil 26-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Amerika Fulbrayt ETA (Fulbrayt yordamchi o‘qituvchisi) Shanel Nassir hamda tillar kafedrasi o‘qituvchilari Gulrux Yusupova va Nargiza Axrorova tomonidan tashkil etilgan “Amerika nutq tanlovi” bo‘lib o‘tdi. Talabalarning notiqlikka qiziqishini oshirishga qaratilgan ingliz tilidagi nutq tanlovida “Ipak yo‘li”ning barcha talabalari ishtirok etish imkoniyati berildi. Saralash bosqichida “Sizningcha, bugungi kunda dunyo duch kelayotgan muammo nimada? Jahon hamjamiyati bu muammoni qanday hal qilishi kerak?” mavzusiga eng yaxshi javob yozgan 11 talaba og‘zaki taqdimot uchun saralab olindi. Tadbir kuni ishtirokchilar jonli nutqlarini Fulbrayt stajyorlaridan iborat mustaqil mehmon hay’ati baholadi. Tanlov ishtirokchilari quyidagi mezonlar bo‘yicha baholandi: mazmun, taqdimot tili va vaqtni boshqarish.
Tanlov natijalariga ko‘ra 3-o‘rin “Plan-119” guruhi talabasi Gulnoza Djiyanovaga; 2-o‘rin – “Int-219” guruh talabasi Sitora O‘zbekova; va 1-o‘rin “Log-119” guruhi talabasi Ramziddin Ergashevga nasib etdi.
Barcha ishtirokchilar va g‘oliblarga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar, birinchi o‘rin g‘olibi esa bosh sovrin – Apple AirPods Pro quloqchinlarini qo‘lga kiritishga sazovor bo‘ldi. Barcha ishtirokchilar esdalik sovgʻalari va sertifikatlar bilan taqdirlandi. Tadbirdagi barcha sertifikat va sovg‘alar AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Samarqand iqtisodiyot va servis institutlari hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 202З-уil 26-арrеldаgi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va, xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar tog‘risida”gi PQ-135-sonli qarorining 5z-ilova 46-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-martdagi “2023-yilda Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yuqori darajada tashkil etish va Shaxrisabz shahrining “2024-yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomini olishiga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 98-son qarori 3-ilovasining 7-bandida Samarqand shahrida “Focus on Tourism & Creative Economy” xalqaro kongressini o‘tkazish topshirig‘i ijrosi yuzasidan 2023-yil 22-23-iyun kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Focus on Tourism & Creative Economy” xalqaro kongressi o‘tkazilishini e’lon qilamiz.
Konferensiyada muhokama qilinadigan asosiy masalalar:
Tadbirkorlik subyektlari, yoshlar ishtirokida jahon bozorida turizm sohasidagi ilg‘or tajribalar, turizmning eng yangi kreativ turlarini mamlakatda joriy qilishga qaratilgan anjumanlar va seminarlar tashkil etishni nazarda tutadi.
Anjumanda professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, tadqiqotchilar, aspirantlar, talabalar va soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.
Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil qilingan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bugungi kunda 13 nafar xorijlik professor-o‘qituvchilar talabalarga dars berib kelishayapti. O‘quv yili boshidan Turkiya, Avstraliya, Amerika Qo‘Shma Shtatlari, Fransiya, Xitoy, Rossiya, Tojikiston kabi davlatlardan shartnoma asosida tashrif buyurgan murabbiylar xalqaro munosabatlar, gid-tarjimon, turizm va madaniy meros, jahon tarixi kabi fanlardan ingliz tilida bilim berib, yoshlarning mahoratli kasb egalari bo‘lishida o‘z tajribasini qo‘llab kelishmoqda.
Yangi O‘zbekiston – Yangi konstitutsiya
TALABA QIZLAR O’RTASIDA “SIZ YANGI QONUNNI BILASIZMI?” VIKTORINASI O‘TKAZILDI
Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini sog’lomlashtirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida “Ayol - jamiyat ko’zgusi” mavzusidagi tadbirlar doirasida 2023-yil 9-iyun kuni unversitet Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova hamda universitet Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi S.Haydarovlar hamkorligida “Siz yangi qonunni bilasizmi?” viktorinasi o‘tkazildi.
Unda, universitetdagi mavjud yunalishlarda tahsil olayotgan talaba qizlardan tashkil topgan “Yangi O‘zbekiston”, “Bibixonim”, “O‘zbegim qizlari”, “Qomus”, “Adolat”, “Lider qizlar” va “To‘maris izdoshlari” jamoalari bellashdilar. Mazkur viktorinada rektor maslahatchisi M.Roziqob, Yuridik byuro boshlig‘i O.Absamiyev, psixolog D.Turdiyeva, Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i N.Mansurova, “Tarix va madaniy meros” kafedrasi mudiri M.Sidiqova, tyutorlar G.Xusainova va D.Xusanova, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Viktorina “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘gartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasidagi savollar asosida o‘tkazildi.
Viktorina natijalariga ko‘ra;
1-o‘rin - “Lider qizlar” jamoasi;
2-o‘rin - “Qomus” jamoasi;
3-o‘rin - “To‘maris izdoshlari” jamoasi loyiq deb topildi.
G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tyutori D.Xusanova 1-kurs talabalari bilan birgalikda Yoshlar Markazida “Mening qonunim- mening kelajagim” mavzusidagi soha mutaxassislari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ekspertlar qonunchilikning turizm va madaniy merosdagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar. Ular qonunlarning turizmning turli jihatlariga ta’siri haqida o‘z tajribalari va bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuvda ko‘tarilgan asosiy mavzulardan biri madaniy merosni muhofaza qilish edi. Mutaxassislar tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash va muhofaza qilish, shuningdek, madaniy boyliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini muhokama qildilar.
Talabalar mavzuga faol qiziqish bildirishdi va munozarada faol ishtirok etib, mutaxassislarga savollar berishdi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institute tomonidan 2023-yilning 23-iyun kuni “Yangi O‘zbekistonda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshitish strategiyasi: mavjud vaziyat va rivojlantirish istiqbolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Anjumanga maqola yuborishining so‘nggi muddati: 2023-yil 15-iyun, manzil: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
e-mail: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
“Afrosiyob” muzeyida mehmonlarga o‘zbek tarixchi va adabiyotshunos olimlari tomonidan turkiy davlatlarda yashayotgan xalqlarning o‘zaro tarixiy va badiiy o‘xshashliklari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirib o‘tildi. Maxsus yig‘ilish doirasida o‘tkazilgan tadbirda M.Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘ati turk” asaridan keltirilgan parchalardan namunalar o‘qib berildi. Bu esa barcha turkiy olimlarning qiziqishini yanada oshirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keying ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomning 6-bobida izlanuvchilar faoliyatini samaradorligining monitoringini bir yilda kamida 1 marta amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Ushbu Nizom ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2023-yilning 4-iyul kuni monitoring jarayonlari tashkil etiladi. Monitoring jarayonlari universitet Birinchi prorektori J.D. Eltazarovning 2023-yil 5-iyundagi № 86-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan komissiya a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 304-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi” Nizomning 53-54-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
2023-yil 6-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Hindiston o‘quv xonasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Hindistonning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Manish Prabxat, elchixona xodimlari, Samarqandda istiqomat qilayotgan Hindiston fuqorolari hamda universitetimizning Hindistonlik talabalari ishtirok etishdi. Ochilish marosimidan so‘ng “Hindiston oziq-ovqat turizm” tashkiloti hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hindiston o‘quv xonasining ochilishi ikki davlat o‘rtasidagi nafaqat iqtisodiy, siyosiy, balki, madaniy va ta’lim yo‘nalishlardagi hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilganini namoyon etadi. Endilikda mazkur Hindiston o‘quv xonasi ikki davlat yoshlarining o‘zbek va hind tillarini o‘rganishida, madaniy bilimlarini boyitishlarida o‘ziga xos akselerator bo‘lib xizmat qiladi.
Kelgusida Hindistonning nufuzli universitetlari va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolanishi va oliy ta’lim sohasida tizimli aloqalar yo‘lga qo‘yilishi, albatta, har ikki tomon yoshlari uchun manfaatlidir. Samimiy va ochiq muloqot ruhida olib borilgan muloqotda aynan ushbu rejalar xususida so‘z bordi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz